13-mavzu. Eski o‘zbek tilida sifat, son, olmosh Reja



Yüklə 466,14 Kb.
səhifə4/7
tarix10.02.2023
ölçüsü466,14 Kb.
#83692
1   2   3   4   5   6   7
13-maruza.Eski o‘zbek tilida sifat, son, olmosh

Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rәr,-ar,-әr affiklari bilan hosil qilingan: Aylarda birәr-birәr kөrүnүr (Atoiy), Fusulnı tөrtәr ay ta’yın qılıbturlar(BN), Yүzәr misqal kumush (BN).
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qo’llanib, keyingi bir soniga -dәn,-din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdәn gahi guftāra ach (Nodira). Bir chārdevar kәm bolsa, өtүz tishni bir birdin sındırur (Gulxaniy).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik ko’rsatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan holda taqsim sonlar ma’nosini anglatgan: Neki kөrgүzdilәr saŋa bir-bir (Navoiy SS), әgәr chun ikki-ikki qol tutub (Muqimiy).
Kasr sonlar. Eski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda surat sonlar asosida hosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda o’rin-payt kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik ko’rsatkichlarni ham qabul qilgan: Nechә өgsәm aytman mıŋda birin (Lutfiy GN). Yүzdin biriki ma’rakaga yetib (Navoiy MQ). Yurt malınıŋ ondın birini alur (Sh turk.). Berүrmәn bolsa yүz jānımu mıŋdın bir hisāb әylәb (Munis).
Kasr son yasalishida ba’zan maxraj va surat son orasida ayrim bog’lovchilar qo’llangan, grammatik ko’rsatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba’zan maxraj va surat sonlar distant holatlarda uchraydi: yuzdin g ә r birisigә yetsә (Navoiy SS).
Yarım so’zi ham kasr son ma’nosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik qo’shimchalarini ham qabul qilgan: Yarım kechә yetib tүshtilәr (Navoiy MN). Bir y a r ı m qarı qazsa, suv chıqar (BN).
XVI — XIX asrlarga oid ba’zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan o’zlashgan nim, du nim, chahāryәk, chāryәk so’zlari kasr sonlar ma’nosida qo’llangan: ta’rif qılg’annıŋ yarımı balke charyekichә ashlıq (BN); og’lanlarnı nim qıyat tedilәr (Sh turk).
Olmosh
Olmosh ot, sifat, son va ba’zan boshqa so’z turkumlari o’rnida qo’llanib, predmet va unga xos bo’lgan belgining mavjudligini ko’rsatadi. Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o’rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so’z turkumi hisblansa-da, konkret ma’noga ega bo’lmaydi.
Eski o’zbek tilidagi olmoshlar ma’no xususiyatlariga quyidagi guruhlarga bo’linadi: kishilik olmoshlari, o’zlik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, so’roq olmoshlari, birgalik olmoshlari, belgilash olmoshlari, gumon olmoshlari, bo’lishsizlik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum so’z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga ko’ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, ko’pchilik qismi hozirgi o’zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Ko’pchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator o’rta keng e tovushi qo’llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funksiyasini boshqa so’zlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, YAqiniy, Maxmur asarlarida qo’llanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan: Banda shafaq-tek qan yıg’lab ke... (YAqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada edim (ShN). Banda bayan gәr qılsam (Maxmur).
Faqır va bu faqır so’zlari Navoiy, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qo’llangan: F a q ı r alar sarı barurg’a muvaffaq boldum (Navoiy MN). Faqır taraf tutub yalg’an aytg’an bolg’ay-men (Sh turk)
XV asrdan boshlab men olmoshi o’rnida faqıri-haqır, faqıru-haqır so’zlari birikmasi ham qo’llana boshlangan, ba’zan bu olmoshini faqıri haqır so’zlardan oldin ko’llash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi: Faqıri-haqır yad tuttum kim... (Navoiy MN). B u f a q ı r i-h a q ı r ham kim bu ulug’ xānadānnıŋ, qadimiy bandası va bu baland āstannıŋ samimiy sarafkәndәsidүr-men (Ogahiy).
XVIII — XIX asrlarga oid yozma manbalarda faqıri-haqır kәminә, kәminә, bu kәminә, men kәminә birikmalari ham men olmoshi o’rnida iste’mol qilingan: Faqıri-haqır kәminә tag’aŋız Muhammad Aminxoja Muqimiy (Muqimiy). Kәminә ham өz kөzүm bilәn kөrdүm (Furqat).
II shaxs birligi: sen. Kishilik olmoshining sen formasi sinu yo nun bilan yozilgan, sen olmoshi tarkibidagi yo asosan old qator lablanmagan o’rta keng e unlisining belgisini ifodalaydi.
XV—XVI asrlar yozma manbalarida sen olmoshi kelishik affikslari bilan turlanganda, yo harfi yozilmaydi: seniŋdek (Lutfiy); seniŋ(Amiriy).
Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski o’zbek tili yozma manbalarida sәn emas, sen shaklida talaffuz etilgan.
III shaxs birligi: ul, ba’zan u, an shakli qo’llangan. XV— XIX asr yozma manbalarida asosan ul varianti qo’llangan. Ul olmoshi tarkibidagi -l undoshining tushib qolishi orqali ba’zan u shakli vujudga kelgan. U kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda Huvaydo asarlarida ba’zi o’rinlarda uchraydi: Har kim ne kim unıŋ yerigә olturdı (BN). Unı kim saqladı xallaq (Huvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba’zan Furqat asarlarida uchraydi: An hama begānalarg’a āshnāliq shunchalar;
I shaxs ko’pligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, ko’plik, birlik ma’nolarida qo’llangan.
Biz olmoshi ko’plik ma’nosida: Biz ham kishi yibәrdүk (BN).Biz ikki bolәk elmiz (Sh turk.). Biz ikkimizgә musulmān bol tedi (Sh tar.).
Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qo’llangan: B i z i ŋ bilә bolg’an beglәrini ham faraxorlarig’a yarasha berib shafqat qıldım (BN). Bizni rasvai jahan etti yad әylәmәdiŋ (Nodira).
Ko’plik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –lәr affiksi qo’shilgan: Mavlānā Kabuliy bizlәrni tilәb vasiyat qıldı kim, bu kechә ālamdın barur-men (Navoiy MN).Gul g’unchasidur goya bizlәrgә achılmaydur (Bobur).
II shaxs ko’pligi: siz.
Siz olmoshi ko’plik ma’noda qo’llangan: Biz siziŋ uchun savrulduqq (ShN). Biz bu sarıdın yetkәch, siz ichkәridin chıqıb elikiŋizdin kelurini taqsir qqılmaŋlar (BN).
Siz olmoshining ko’plik ma’nosini kuchaytirish uchun –lәr affiksi qo’shilgan: S i z l ә r kim qarındashlar turur-siz biziŋ birlә ittifāq qılıŋ (Sh tar). Shādmān sizlәrdin-u өlgүnchә minnatdār-men (Furqat).
III shaxs ko’pligi: alar, ular, anlar, ba’zan unlar shakli qo’llanilgan.
Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan ko’pchilik yozma manbalarda keng qo’llangan: Alarnıŋ ikisin өltүrүb (Navoiy). Alar aydılarki, өzbәkni bir masalı bardur (Gulxaniy).
Ular varianti Lutfiy, Bobur, Abulg’ozi Bahodurxon asarlarida uchraydi: Ular mendin yashurub (BN). Ularnıŋ kөŋli (Sh.tar.).
Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abulg’ozi Bahodirxon, Gulxaniy, Furqat asarlarida iste’molda bo’lgan: anlar ashyanı; Anlardın өtүb havuzga sharbatlar tөkүlүr. Anlar kөp yıllargacha bu aytılg’an nimәrsәlәrni berүrlәr (Sh.tar.).
III shaxs ko’pligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar ko’zga tashlanadi: XIII-XIV asrlarda ular, anlar varianti keng qo’llangan bo’lsa, XV asrdan boshlab alar varianti faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda keyinchalik ular varianti III shaxs ko’pligida yagona bo’lib qoladi.
Өz olmoshi egalik va kelishik affikslarini qabul qiladi. Bunda dastlab egalik affiksi, so’ng kelishik affiksi qo’llanadi: Өzүmniŋ ikki yaxshı kishimni chaqırdım (Sh. tar.). Өzidә hushı bar ādam eshitsүn (Furqat).
Tushum, o’rin-payt va chiqish kelishigi affikslari өz olmoshiga to’g’ridan-to’g’ri qushilgan: Өzdә yoqerdim (Navoiy). Өzni nechә kүn nākām tut (Nodira). Өzdin tavba aysa (Navoiy). Bunday qo’llanishda uning olmoshlik funksiyasi ko’proq namoyon bo’ladi.
Qadimgi turkiy yozma manbalarda va eski o’zbek tilining dastlabki davrlarida kentү(kentү) olmoshi qo’llangan hamda bu olmosh өz olmoshiga ekvivalent bo’lgan: Kerәk bolsam aŋa men, kendya kelsүn (Xisrav va Shirin).
Kendү olmoshi өz olmoshi bilan ham qo’llanadi: Өzi kendү yekrәk (yomonroq) bilүr erdi (Tafsir).
Kendү olmoshi eski o’zbek tilidayoq iste’moldan chiqqan va bu olmosh kәndi (kendi) shaklida hozirgi turk tilida saklanib qolgan.
Eski o’zbek tilida өz olmoshi bilan birga, fors tilidan o’zlashgan xud olmoshi ham iste’molda bo’lgan: Teŋri taālā xud kәrәm bilә gunāhıŋızdın өtti (Navoiy). Mirzāxān xud shāhbegimniŋ tuqqan nabirasi (Bobur).

Yüklə 466,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin