13-mavzu. Eski o‘zbek tilida sifat, son, olmosh Reja


Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud



Yüklə 466,14 Kb.
səhifə2/7
tarix10.02.2023
ölçüsü466,14 Kb.
#83692
1   2   3   4   5   6   7
13-maruza.Eski o‘zbek tilida sifat, son, olmosh

Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavjud.


Hozirgi va o’tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraja, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi. 2
Oddiy daraja. Boshqa darajalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini bajaradi va belgi neytral darajada bo’ladi. Bu shakl “nol” shakl bo’lib, unda affiks qatnashmaydi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:
-raq/-rәk.
Kim ki ulug’raq, aŋa xıdmat kerәk
Ul ki kichikrәk, aŋa shafqat kerәk.
(Xamsa).
-mtul. Qızımtul, qaramtul, yashımtul (Maboinul-lug’at).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi. Bu daraja sifatlarni to’liq va to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.
To’la takror: Meŋizlәri gүl-gүl, qabag’ları keŋ-keŋ (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqātı yamandın-yaman (Navoiy).
To’liqsiz takror. Bunda birinchi bo’g’in p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achıg’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil (Navoiy ML.).
Son
Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), altı elig (46), otuz artuqı uch (33) kabi murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.
Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha ko’rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatıla berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bır-bırıg’a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. Shu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda altı soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz, toqquz-toqquz iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meŋә g’amdın t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).
Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (Sh. tar.).
Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminasiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik (Navoiy, MN), ellik (BN).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar o’zlashgan, o’zlashgan sanoq sonlar o’z formalarida qo’llangan. Fors-tojikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy); du bara (Muqimiy).
Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qo’llangan: Yuz mıŋnı l ә k derlәr (BN); mıŋ lәk somnı (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (o’n million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (o’n trillion), padam (milli-trillion), saŋ (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qo’llangan.
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funksiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –tә affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan: birtә yarmag’ ikki bөlүb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlүb (Navoiy MQ).

XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qo’llangan: Y e t i ag’zı anıŋ otlar sachıb (Navoiy HA). Yүz mıŋ baytı bar va bir qasida aytıbdur (Navoiy MN).
Numerativ so’zlar. Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham numerativ so’zlar xarakteriga ko’ra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini oshirgan. Shuningdek, numerativ so’zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.

Yüklə 466,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin