13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquqning regulyativ-statik, Ya`ni tartibga soluvchi - statik funksiyasi



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə13/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

Huquqning regulyativ-statik, Ya`ni tartibga soluvchi - statik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ular mavjud holatini, erishilgan darajasini mustahkamyaashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta`sir etishi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaqlida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funkdiya turli sub`ektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash-da, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilavdda, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo`ladi. Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero, fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi ular shu vakolatlar doirasida erkin, o`zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qiladilar.
Tartibga soluvchi - statik funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday holatlarda huquq sub`ektlari o`zlari tashabbus ko`rsatib huquqiy faollik qilishlari mumkin.


Huquqning regulyativ-dinamik, Ya`ni tartibga soluvchi - dinamik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etib, ularning kelgusidagi rivojlani-shini, o`zgarish hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu erda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashti-radi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: solyumarni to`lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi-dinamik funksiya faol toifadagi huquqiy munosabatlar shaqlida ro`yobga chiqadi. Bular fuqarolik, mehnat, ma`muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarvda o`z aksini topadi.
Huquqning regulyativ funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilardir:
- huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash;
- fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va o`zgartirish;
- davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash;
- yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;
- huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;
- huquq sub`ektlari o`rtasida konkret huquqiy aloqani o`rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar);
- konkret ijtimoiy munosabatlarga tadbiqan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgilash.
Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta`riflash mumkin. Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi - huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo`lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o`rnatishda, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida huquq sohiblariga sub`ektiv huquqlar berish va yuridik majburi-yatlarni yuklashda namoyon bo`ladi.
Ijtimoiy munosabatlarni qo`riqlash zaruriyati har doim mavjud bo`lgan va bundan keyin ham bo`ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo`lib kelgan. Huquqiy ta`sirning bu yo`nalishi huquqning qo`riqlovchi funksiyasini tashkil etadi.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin