13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquqning qo`riqlovchi funksiyasi



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə14/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

Huquqning qo`riqlovchi funksiyasi - uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy ta`sir etish yo`nalishi bo`lib, u umumiy ahamiyatga molik, o`ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta`minlashga yo`naltiriladi va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi.
Qo`riqlovchi funksiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta`sir etishning alohida vositasi sifatida ta`riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo`llash, taqiqlar o`rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish bilan qo`rqitib, insonlar irodasiga ta`sir o`tkazish orqali bajaradi;
ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o`z himoyasiga olganligi to`g`risida ijtimoiy munosabat sub`ektlariga axborot etkaziladi;
uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko`rsatkichidir.
Huquqning qo`riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyosla ganda aniqroq namoyon bo`ladi. Tegishli davlat idoralari huquq sohiblari tomonidan qonun talablari so`zsiz qat`i bajarilishini ta`minlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradilar. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta`minlanadi.

Shunday qilib, huquqning qo`riqlovchi funksiyasi huquqning bevosita harakatlanishi bo`lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kasrolatidir. Bunda maxsus idoralar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni Qo`riqlashga qaratilgan faoliyati maydonga chiqadi. Bundan tashqari, qo`riqlovchi funksiya ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo`nal tirilgandir.


http://hozir.org
Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin