13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquq normasining turlari va ularning tasnifi



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə6/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

3. Huquq normasining turlari va ularning tasnifi
Huquq normalarining ilmiy va o`quv adabiyotida turlicha tasniflari va guruhlanishlari mavjud. Huquq normalarini, ularda mustahkamlangan qoidalar xarakteriga qarab quyidagicha tasniflash mavjud:
1. Huquq va vakolat beruvchi normalar - ya`ni huquq sub`ektiga qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini ko`rsatuvchi normalar. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan, «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi».
2. Majburiyat yuklovchi normalar - ya`ni qanday harakatlarni sodir etish lozimligini ko`rsatuvchi normalar. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga binoan, «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar».
3. Man qiluvchi normalar - ya`ni huquq sub`ektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishini man qilib qo`yuvchi normalar. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57- moddasida «maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi» deb ko`rsatilgan va bu qoida man etish xarakteridadir.
Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar ham mavjud. Bunda eng avvalo huquq normalari huquq tarmoqlari bo`yicha bo`linadi va bunday guruhlash huquq normalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikatsiya qilish uchun muhimdir.
Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga bo`lish ham keng tarqalgan, bunda huquq sub`ektlarining huquq va majburiyatlari mazmunini aniqlab beruvchi normalarni moddiy huquq normalari guruhiga qo`shamiz, huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini belgilovchi normalarni esa protsessual normalar deymiz.
Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, ular abstrakt (mavhum) va kazu-istik normalarga ajratiladi. Konkret bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalarni abstrakt normalar deymiz. Bir munosabat turining konkret bir qismini tartibga soladigan normalar esa kazuistik normalar deb ataladi.
Gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy aniqligiga qarab, huquq normalarini aniq va nisbiy aniq huquq normalariga bo`lamiz.
Gipotezaning hajmiga qarab, huquq normalarini oddiy (aniq bir holat ko`rsatilgan), murakkab (ikki yoki undan ortiq holat ko`rsatilgan) hamda alternativga (ikki holatdan birining mavjudligiga bog`liq holda normani qo`llash mumkin bo`ladi) bo`lish mumkin.
Dispozitsiyaning aniqligiga qarab, huquq normalarini: mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga bo`lish mumkin.
Mutlaq aniq huquqiy normalarda huquq va majburiyatlar aniq belgilangan bo`ladi.
Nisbatan aniq huquqiy normalar esa har bir konkret holatlarda huquq va majburiyatlarni yanada ko`proq aniqlash imkonini beradi.
Blanket normalarda esa - qaysi qoidalarni bajarish zarurligi (davlat standartlari qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari) umumiy tarzda ko`rsatiladi.
Huquq qo`riqlovchi normalar sanksiyalarning aniqligiga qarab, mutlaq aniq, nisbatan aniq huquqiy normalarga bo`linadi. Mutlaq aniq sanksiyali huquqiy normalarda aniq bitta davlatning majburlov chorasi ko`rsatiladi, masalan, etkazilgan zararni qoplash kabi.
Nisbatan aniq sanksiyali huquq normalari esa, turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy ta`sir chorasi turlaridan birini qo`llashni nazarda tutadi. Bunday sanksiyalar alternativ sanksiyalar ham deb yuritiladi, Jinoyat kodeksining aksariyat sanksiyalari alternativ sanksiyalardir.
Kumulyativ sanksiyali huquq normalari o`zida asosiy jazodan tashqari qo`shimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi, masalan, muayyan jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazodan boshqa mol-mulkni musodara qilishni ham o`zida mustahkamlaydi.
Huquq normalarini yana asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo`lish ham ancha keng tarqalgan, birinchisida umumiy xarakterga ega bo`lgan qoidalar mustahkamlansa (masalan qonun normalari), ikkinchisida esa, umumiy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, normativ hujjatlar normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi).
Huquq normalari yana harakati hududiga qarab, umumiy harakat qiluvchi, mahalliy miqyosda harakat qiluvchi normalarga bo`linadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar ma`lum hudud-larda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik inqiroz hududlarida, juda baland tog`lar sharoitida, cho`l zonasida, radiaktiv xavf mavjud zonalarda va hokazo.
Huquq normalari sub`ektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo`linadi, bunda birinchisi hamma huquq sub`ektlari uchun taalluqli bo`lsa, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun yoki aniq belgilangan doiradagi sub`ektlarga, jumladan: pensionerlarga, nogironlarga, ichki ishlar xodimlariga va boshqalarga taalluqli bo`ladi.
Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini yana imperativ, dispozitiv normalar guruhlariga bo`lishadi. Imperativ normalar qa`tiy amr xarakteriga ega bo`lib, xatti-harakat sub`ektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko`pgina ma`muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir.
Dispozitiv normalar, imperativ normalardan farqli o`laroq, munosabat qatnashchilariga o`z xatti-harakatlari variantlarini, sub`ektiv huquq va majburiyatlar hajmi to`g`risida kelishib olish imkonini o`zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko`proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda uchraydi.
Kollizion normalarda - biron-bir holat bir emas, balki bir necha huquqiy normalar ta`siriga tushib qolishi mumkin va bu holda o`sha normalar o`rtasida nizo - «to`qnashuv» sodir bo`ladi, bu holatni hal etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi. Shu bois kollizion normalar «hakamnorma» deb yuritiladi va unda o`sha holatni tartibga solishda qaysi huquqiy norma qo`llanilishi ko`rsatiladi.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin