13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə3/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

Axloq meyorlari
Ahloq meyorlari ham insonlarning o`zaro munosabatlarini tartibga soladigan meyorlardir. Ahloq meyorlari o`zaro munosabatlarda insonning hatti-harakat shakllarini belgilaydigan meyorlardir. Masalan, muhtoj bo`lgan odamga yordamdan qochmaslik, boshqalarning sha’ni va qadr-qiymatini hurmat qilish, boshqalarning hayoti, mulki va nomusiga ko`z tikmaslik, berilgan so`zga sodiq qolishni talab qilgan meyorlar ahloq meyorlaridir.
Ahloq meyorlarining talab va taqiqlariga zid hatti-harakat sodir qilganlarga nisbatan javobgarlik diniy meyorlarga zid hatti-harakatda bo`lgani kabi ma’naviydir. Yani uni ayiblash va past odam sifatida ko`rish shaklida namoyon bo`ladi. Inson muayyan bir ahloq meyoriga zid harakat qilganida jamiyat uni qoralaydi, ayiblaydi yoki past odam sifatida qaraydi, lekin uni bu meyorlarga muvofiq harakat qilishga majbur qila olmaydi. Muayyan shaxs jamiyatning ahloqiy qarashlariga to`g`ri kelmaydigan shaklda yashasa yoki boshqalarning sha’ni va qadr-qiymatiga jarohat yetkazadigan shaklda yomon so`zlar tarqatsa, g`iybat tarqatuvchi bo`lsa, taniganlar uni ayiblab, oxir-oqibat bu shaxs bilan munosabatlarini uzishlari mumkin. Ammo uni ahloq meyorlari talab qilgan shaklda yashashga yoki g`iybat qilmaslikka hech bir holatda davlat kuchi bilan majburlay olmaydilar.
Inson ahloq meyorlarining talab va taqiqlariga faqatgina jamiyatning u haqida yomon baho berishi, ayiblashi, past ko`rishi, lanatlashi va nihoyat munosabatlarni uzishidan qo`rqqani va o`zini tiygani darajasida rioya qiladi. Bu narsalarni e’tiborga olmaydigan, qadrlamaydigan, jamiyatning javobiga ahamiyat bermaydigan inson ahloq meyorlariga zid harakat qilaveradi. Demak ki, ahloq meyorlarini buzganda ham xuddi din meyorlarini buzgan kabi faqat ma’naviy javobgarlik kelib chiqqanligi, yani ahloq meyorlarining davlatni majburlash imkoniyati bilan ta’minlanmaganligi uchun bu meyorlar ijtimoiy munosabatlarni faol tartibga solishda etarli bo`lolmaydi.


Odatiylik meyorlari.
Odatiylik meyorlari ham din va ahloq meyorlari kabi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu meyorlar insonning ma’lum bir holatda qanday harakat qilishi kerakligini ko`rsatadi. Masalan, majlisda gapirayotganda, ziyofatda o`tirganda, marosimda ishtirok etganda hulq-atvor shakllarini belgilaydigan meyorlar odatiylik meyorlaridir. Bu meyorlar jamiyat hayotida insonlarning o`xshash holatlarda o`xshash harakat qilishlari natijasida kelib chiqadi va bu harakat shakli jamiyatda ko`pchilik tarafidan o`zlashtirilganligi uchun har bir inson o`xshash holatlarda o`xshash harakat qiladi. Masalan, ko`chada uchratgan bir do`sti bilan salomlashadi, binoga kirayotganda shapkani yechadi, to`yga taklif qilinganida kichik bo`lsa ham bir sovg`a olib boradi, betob bo`lib qolgan do`stini ziyorat qiladi, tanishlaridan biri vafot etib qolsa, uning yaqinlariga taziya izhor qiladi.
Xo`sh, odatiylik meyorlari bilan ijtimoiy munosabatlarni qay darajada tartibga solish mumkinh Bu savolga javob ham odatiylik meyorlariga rioya qilmaganlik uchun qanday javobgarlik kelib chiqishi bilan bog`liq. Din va ahloq meyorlari buzilganligidagi kabi odatiylik meyorlarini buzganlik uchun ham javobgarlik ma’naviydir. Odatiylik meyorlariga muvofiq hatti-harakat qilmagan, masalan, bir majlisda so`z olmasdan pala-partish gapirgan shaxsga hurmatsiz, to`yga sovg`asiz qo`lini cho`ntagiga solib kelgan shaxsga tajribasiz, betob bo`lib yotgan do`stidan xabar olmagan shaxsga vafosiz, jamoat joyida o`zini boshqara olmaydigan shaxsni tarbiyasiz deyiladi. Biroq to`yga sovg`asiz kelganni sovg`a keltirishga, betob bo`lgan do`stini ziyorat qilmagan shaxsni ziyorat qilishga hech bir holatda davlat kuchi bilan majbur qila olish imkoni yo`q. Shuning uchun ham odatiylik meyorlariga zid harakat din va ahloq meyorlari kabi moddiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan va ijtimoiy munosabatlarni faol tartibga solish uchun yetarli bo`lmagan meyorlardir.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin