13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Huquq normasining ichki tuzilishi, uning tarkibiy elementlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə7/14
tarix25.12.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#196611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
13-mavzu Huquq normalari va funktsiyalari Reja-hozir.org

3. Huquq normasining ichki tuzilishi, uning tarkibiy elementlari.
Huquq normasi ichki tuzilishi uch tarkibiy elementdan: gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tarkib topgan bo`ladi.
Gipoteza huquq normasining tarkibiy elementi bo`lib, unda muayyan ijtimoiy munosabatga nisbatan huquq normasining harakatga kelishi shartlari va holatlari ko`rsatiladi. Huquq normasining dispozitsiyasida belgilangan shaxs va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari bu yoki u hayotiy holat va sharoitlarning kelib chiqishiga bog`lik holda vujudga keladi, o`zgaradi va bekor bo`ladi. Bu huquq manbaida ko`rsatilgan holat va sharoitlar huquq normasini amalga oshirishning sharti bo`lib hisoblanadi va huquq normasining gipotezasi deb yuritiladi. Amalda gipotezaning uch turi mavjud: oddiy gipoteza, murakkab gipoteza va muqobil gipoteza.
Oddiy gipotezada huyquqiy norma harakatga kirishi uchun faqat bir sharoit va holati mavjud bo`lishi lozimligi ko`rsatiladi. Masalsan,
Murakkab gipotezada huquqiy norma harakatga kelishi uchun ikki va undan ortiq sharoit va holatlar mavjud bo`lishi lozimligi belgilanadi. Masalan,
Muqobil gipotezada huquqiy norma harakatga kelishi uchun ko`rsatilgan ikki va undan ortiq sharoit va holatlardan birining mavjud bo`lishi lozimligi belgilanadi. Masalan,
dispositsiya huquq normasining tarkibiy elementi bo`lib, unda muayyan ijtimoiy munosabatda nima qilish mumkin, nima qilish lozim va nima qilish mumkin emasligi korsatilib, ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo`ladi. Amalda dispozitsiyaning tuzilishiga ko`ra to`rt turi mavjud: oddiy dispozitsiya, tavsiflovchi dispozitsiya, havolaki dispozitsiya va blanket dispozitsiya. Shuningdek, dispozitsiyalar mazmuniga ko`ra, vakolat beruvchi, taqiqlovchi va majburiyat yuklovchi dispozitsiyalarga ajratiladi.
Oddiy dispozitsiyada ruxsat etilgan, man qilingan yoki bajarilishi lozim bo`lgan hatti-harakat mazmuni umumma`lum va bir ma’noli bo`lganligi uchun bunday hatti-harakat nomi ko`rsatilishi bilan chegaralaniladi. Masalan,
Tavsiflovchi dispozitsiyada ruxsat etilgan, man qilingan yoki bajarilishi lozim bo`lgan hatti-harakat mazmuni umumma’lum emasligi yoki bir necha ma’nolarni ifodalashi mumkin bo`lganligi uchun, bunday hatti-harakat nomi ko`rsatilib, uning ma’nosiga tavsifiy xarakterdagi ta’rif beriladi. Masalan,
Havolaki dispozitsiyada ruxsat etilgan, man qilingan yoki bajarilishi lozim bo`lgan hatti-harakat mazmunini to`laqonli tavsiflash uchun berilgan huquq manbaining boshqa moddalariga havola qilinadi. Masalan,
Blanket dispozitsiyada ruxsat etilgan, man qilingan yoki bajarilishi lozim bo`lgan hatti-harakat mazmunini to`laqonli tavsiflash uchun boshqa huquq manbalarining moddalariga havola qilinadi. Masalan,
Vakolat beruvchi dispozitsiyada muayyan hatti-harakatni amalga oshirishga ruxsat berilganligi ko`rsatiladi. Masalan,
Taqiqlovchi dispozitsiyada muayyan hatti-harakatning man qilinganligi ko`rsatiladi. Masalan,
Majburiyat yuklovchi dispozitsiyada muayyan hatti-harakatni amalga oshirish lozim ekanligi ko`rsatilgan bo`ladi. Masalan,
Sanksiya huquq normasining tarkibiy elementi bo`lib, unda muayyan ijtimoiy munosabatda mumkin bo`lmagan harakatlarni sodir qilganlik yoki bajarilishi lozim bo`lan harakatlarni qilmaganlik natijasida huquq normasini buzganlar uchun javobgarlik chorasi to`g`risidagi axborotdan tarkib topadi. Soblyudenie norm prava obespechivaetsya vozmojnost’yu prime­neniya mer prinujdeniya za narushenie obyazannostey, predusmot­rennix zakonom i v tselyax zashiti interesov obshestva i gosudar­stva, prav i svobod grajdan i organizatsiy.
Zakreplennie v normax prava predpisaniya o merax prinu­jdeniya za neispolnenie obyazannostey i v tselyax zashiti prav drugix lits nosyat nazvanie sanktsii pravovoy normi.
Primerami sanktsiy v grajdanskom prave yavlyayutsya: vozme­shenie ubitkov za neispolnenie dogovornix obyazatel’stv; vozme­shenie vreda, nanesennogo imushestvu, zdorov’yu ili jizni poter­pevshego; istrebovanie sobstvennikom ili zakonnim vladel’tsem imushestva iz chujdogo nezakonnogo vladeniya.
Muayyan bir huquq normasi tuzilishining uch tarkibiy elementini huquq manbalari mazmunidan aniqlash ma`lum yuridik malaka va tajribani talab qiladi. Gap shundaki huquq manbalari matnida huquq normasining uch tarkibiy elementi hamma vaqt ham bir joyda, masalan qonunning bir moddasi yoki qaror bandida joylashgan bo`lmaydi. Ko`p hollarda, bir huquq normasining tarkibiy elementlari huquq manbai matnining turli moddalari yoki bandlarida, yoxud turli huquq manbalarining, masalan turli qonunlarning matnida o`z ifodasini topgan bo`ladi, ayrim hollarda esa bir modda yoki bandda bir necha huquq normalarining tarkibiy elementlari ham joy olishi mumkin bo`ladi. Shuning uchun huquq normasining tarkibiy elementlarini huquq manbalari matni mazmunidan aniqlash uchun bu matnlarni tizimli idrok qilish va sharhlash malakasi talab qilinadi. Bir qonunning moddalarida huquq normasining uch elementi ham joylashtirilgan huquq manbaiga O`zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi maxsus qismining moddalari misol bo`la oladi. Jinoyat kodeksining maxsus qismi moddalarida gipoteza, dispositsiya va sanksiya ko`pincha bir modda tarkibida joylashtirilgan bo`ladi. Lekin shunda ham huquq normasining dispositsiyasi kengaytrilgan sharhlash vositasida, yani mumkin emas degan jumlani qo`shib aniqlash mumkin bo`ladi.



Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin