13-Mavzu. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashdagi me’yoriy hujjatlar



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix22.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#134177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Data base security - lecture 13



13-Mavzu.Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashdagi 
me’yoriy hujjatlar 
Hozirda axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar mos standartlar va 
spetsifikatsiyalami bilmasdan turib, deyarli hech qanday ishni uddalay olmaydilar. 
Bunga sabab, birinchidan, standartlar va spetsifikatsiyalar - bilimlami, awalo 
axborot xavsizligining muolajaviy va dasturiy-texnik darajalari xususidagi 
bilimlami to‘plash usullaridan biri. 
Unda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan, sinalgan, yuqori 
sifatli yechimlar va metodologiyalar qaydlangan. Ikkinchidan, standartlar va 
spetsifikatsiyalar apparat-dasturiy vositalar va ulaming komponentlarini o'zaro 
mosligini ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu vosita 
Interaet-uyushmada, haqiqatan ham, juda samarali ishlaydi. 
Standart va spetsifikatsiyaning asosiy tushunchalari 
Standart — hujjat bo'lib, unda ixtiyoriy ravishda ko‘p marta foydalanish 
maqsadida mahsulot xarakteristikalari, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish, 
saqlash, tashish, realizatsiya va utilizatsiya qilish, ishlami bajarish yoki xizmat 
ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirish qoidalari va xarakteristikalari o‘matiladi. 
Standart tarkibida terminologiyaga, simvolikaga, joylashga yoki etiketkaga va uni 
qayd qilishga talablar bo`lishi mumkin. 
Standartlash - ixtiyoriy ko'p marta foydalanish maqsadida ishlab chiqarish va 
mahsulotdan foydalanish sohasini tartibga solishga va mahsulot, ishlar yoki 
xizmatlar raqobatbardoshligiga erishishga yo‘naltirilgan qoidalar va 
xarakteristikalami o‘rnatish bo‘yicha faoliyat. 
Amaliy nuqtayi nazardan, axborot xavfsizligi sohasidagi standartlar va 
spetsifikatsiyalar (xalqaro, milliy, sohaviy va h.) soni cheksiz. Axborot 
xavfsizligining turli jihatlarini va axborot kommunikatsiya tizimining turli xili va 
konfiguratsiyasini qamrab olish, maqsadli auditoriyaning xilma-xil guruhlariga 
foydali ma’lumotlami taqdim etish uchun ulami sathlarga ajratish mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin