13-mavzu milliy boylik statistikasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə6/10
tarix02.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#151544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
13-mavzu milliy boylik statistikasi-fayllar.org

1. Chiziqli usulda:




3. Qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo’yicha chegirib borish usulida:




2. Kamayuvchi qoldiq usulida:




4. Qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida:



Bunda AKFXKM – asosiy kapital ob’ektining foydali xizmat qilish muddati.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida asosiy fondlarning eskirish darajasi, qoldiq qiymati va boshqa asosiy fondlar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarning darajasi buxgaltyeriya, soliqqa tortish va statistikada amortizatsiya hisoblashning qaysi metodi qo’llanilganiga bog’liqdir. Amortizatsiya – asosiy fondlarning eskirishini normativ qiymatini ifodalaydi, ammo haqiqiy qiymatini emas. Chet el statistikasida amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning 11 ta metodi mavjud.
Rivojlangan mamlakatlar statistikasida asosiy kapitalning qoldiq qiymatini (NFC-Net Fixed capital) hisoblashda “uzluksiz inventarizatsiya usuli” (Pyerpetual Inventory Method) dan keng foydalaniladi (AQSH, FRG, Kanada, Angliya, Frantsiya va boshqalar). Bu so’zning va usulning avtori amyerikalik iqtisodchi R.Goldsmitdir. U bu metodni Nyu-Yorkda 1951 yilda nashr etgan “Milliy boylikni uzluksiz inventarizatsiyasi” kitobida bayon qilgan.

Bu metodni qo’llashda zarur bo’lgan ma’lumotlar:


  1. Yalpi kapital qo’yilmalar to’g’risida ko’p yillik dinamika qatori.


  2. Asosiy kapitalning alohida olingan guruhlari bo’yicha normativ xizmat muddati to’g’risidagi ma’lumotlar.


  3. Joriy bahodagi yalpi kapital qo’yilmalar summasi. Buning uchun kapital quyilmalar indeksidan foydalaniladi. Bunda qurilish ishlari, jihozlar, transport vositalari, qurilish matyeriallari indekslari asosida bahoning yig’ma indeksi:




bunda iP- kapital qo’yilmalarining alohida turlari bo’yicha baho indeksi (individual indeks), q0p0 – kapital qo’yilma turlarining bazis davridagi qiymati.


Davr oxiridagi asosiy kapitalning qoldiq qiymati=Davr boshidagi qoldiq qiymati+davr ichida qilingan yalpi kapital qo’yilmalarning summasi – davr ichida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari. Ko’rinib turibdiki, bu hisoblashlarda asosiy kapitalning qoldiq qiymati deflyatlashtirilgan (joriy baholardagi qiymatni bazis baholarida baholash) qiymat olindi. Indeks –deflyator Ip ni hisoblashda:
a) jihozlar bo’yicha guruhli indeksni hisoblash uchun 500 ga yaqin mashinalar olinadi (ular 38 kichik va 9 guruhga birlashtiriladi).
b) qurilish – montaj ishlari bo’yicha yig’ma indeksni hisoblash birmuncha murakkabdir. Hozirgi kunda AQSH da qurilishning muhim turlari bo’yicha 22 ta mustaqil guruhli yig’ma indekslar hisoblanadi.

Asosiy kapital balansi. Asosiy kapital balansi uning yil davomidagi dinamikasini aks ettiradi. Balanslar asosiy kapitalning to’liq qiymati va qoldiq qiymatlari bo’yicha tuziladi.
Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha balansini tuzishda korxona va tashkilotlarning buxgaltyeriya va statistik hisobotlari, tanlama kuzatish ma’lumotlari asosiy axborot bazasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda asosiy kapital to’liq boshlang’ich qiymat bo’yicha (so’nggi o’tkazilgan qayta baholashdan so’ng kiritilgan) va to’liq tiklash qiymat bo’yicha hisobga olinadi (13.4-jadval).
13.4-jadval

Asosiy kapitalning to’liq qiymati bo’yicha balansi sxemasi



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin