4. 4. O'qitish jarayonini loyihalash va loyihalash bosqichlari
O'quv mashg'ulotini loyihalashtirishda o'qituvchi, avvalo, o'qitish jarayonini tahlil qilishi,
o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mustaqil o'qish bilimlarni ijodiy tahlil qilishga o'rgatishi,
o'zlashtirilgan bilimlarni ko'nikmalarga aylantirish uchun o'quv mavzulari bo'yicha metodik
tizimni yaratadi, o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mazmunini ishlab
chiqadi. Yaratilgan metodik tizim va ma'lumotlar mazmuni yordamida o'quvchi tasavvur qilishi
lozimlilarning o'quv-biluv faoliyatini tashkil etadi va o'quv mashg'ulotlari uchun bilish
faoliyatining tashkiliy shakllari (nazariy dars, amaliy mashg'ulot)ni maqsadga mos tanlaydi va uni
echishga yo'llaydi.
O'qitish yoxud o'rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar faoliyatlarini boshqarish, ya'ni
o'quvchilarning o'quv ishlarini uyushtirish, ularning bilish jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat
uyushtirish, ma'naviy axloqiy sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
O'qitish jarayonining bu ikki elementi bir maqsad: ta'limning xilma-xil vositalari va
metodlaridan foydalanib, o'quv tarbiya ishlarini takomillashtirish, ijtimoiy buyurtmani hal etishga
qaratilgan. Shunga ko'ra bu jarayonda shaxsning qobiliyatlari, fazilatlari, ma'naviy axloqiy
sifatlari, bilish qobiliyatlari rivojlanadi, bo'lajak kasb egalarida tashabbuskorlik, ijodkorlik,
tadbirkorlik, ishbilarmonlik rivojlanadi va o'quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi.
Mazkur jarayonning samarali bo'lishi, ijtimoiy buyurtmaning aniq hal bo'lishi va
ko'zlangan maqsadga erishish uchun, o'qitish jarayonini loyihalash, ya'ni ta'lim jarayoniga
pedagogik texnologiyani tadbiq etish talab qilinadi. Zero, “Pedagogik texnologiya metodining
o'ziga xos xususiyati shundaki, unda ta'limning rejalashtirilgan maqsadga erishishni
kafolatlaydigan o'quv bilish jarayoni loyihalashtiriladi.
Xo'sh loyiha nima? O'quv loyihasi, o'qitish jarayonini loyihalashtirish deganda nima
nazarda tutiladi ?
Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob,
chizmalar shaklida aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga
oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir.
O'quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta'lim oluvchilar
tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir.
O'qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi, mazmuni o'quv maqsadlari o'qish, o'qitish,
o'zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.
Demak, o'qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta'limning umumiy
maqsadlari asosida, o'quv maqsadlarini, buning uchun o'qish va o'qitishni, o'zlashtirishni
rejalashtirgan holda, o'qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Shunday
qilib, pedagogik texnologiyada o'quv mazmuni asosida o'zlashtirish natijalarini kafolatlash
uchun, o'quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o'quv mashg'ulotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta
takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo'lsak, unda o'quv jarayoni ma'lum
modullar, birliklardan iborat bo'ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo'shilishi
asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan,
qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Ma'lumki, o'quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog'liq o'qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil
topgan.
1. Motivlar. (M)
2. O'quvchining o'qish faoliyati. (O'F)
3. O'qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B)
Shunday qilib, o'quv jarayonini quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |