O'J=M+O'F+B
Mana shu formula asosida maqsad oydinlashtiriladi, texnologiyalar belgilanadi, faoliyat
yo'lga qo'yiladi va amalga oshiriladi. Buni oldindan rejalashtirish yoki o'quv jarayonini
loyihalashtirish deb ataydilar. Pedagogik texnologiyaning bu qismi amalga qo'llanilganda
ta'limning tabiatga uyg'unlik qoidasiga asoslansa, ya'ni o'qituvchining tabiiy xususiyatlari-
qiziqishi, istak, xohishi, ehtiyoji, qobiliyati, aqliy kuchlari hisobga olinsa maqsadga muvofiq
bo'ladi. O'quv mashg'ulotlarini loyihalashtirishda mazkur holat hisobga olinishi darkor.
Pedagog olim Malla Ochilovning ta'kidlashicha pedagogik texnologiya metodining
muvaffaqiyati, ta'limni rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o'quv-biluv jarayonini
loyihalashtirishdir. Muallifning fikricha o'quv mashg'ulotlarini loyihalashda o'qituvchi ta'lim
maqsadi, ta'lim mazmuni, dastur, darslik, ijodiy faoliyatga yo'naltiruvchi topshiriqlar mazmunini
o'qituvchi-o'quvchining oldingi ish faoliyati mazmuni, kelajakdagi amalga oshiriladigan faoliyati
inobatga olinadi. O'quv jarayonini loyihalashda o'quvchilarning belgilangan maqsad sari
harakatlanishi uzluksiz nazorat qilishni e'tibordan chiqarmaslik kerak.
Shunday qilib, ta'lim jarayonining qurilmasi, uni loyihalashning:
a) ta'lim maqsadlari va natijalarni belgilashni;
b) natijalar asosida (diagnostikalash orqali) nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab
chiqishni; hamda o'quv mashg'ulotining texnologik xaritasi (dars konspekti) ni ishlab chiqish
bosqichlarini amalda qo'llashni nazarda tutadi.
4.5. Dars loyihasi va uni amalga oshirish modeli.
Hozirga kadar ko'pgina maktab va kollejlarda dars loyihasini tuzish, ta'lim maqsadini
belgilash yoki ta'limni tashkil etish yo'llari kabi elementlar vaqt sinovidan o'tdi.
Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo'lib,
ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.
Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
1.Mo'ljalni belgilash - Talabalar dikkatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma
materiallar, xattaxtada yozib qo'yiladigan savollar , qo'yiladigan muammolar va hokazo.
2.Maqsad - talabalar bugun nimani o'rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi (malaka).
Ular o'qituvchiga bugungi o'rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat turini bajarib ko'rsata olishlari
lozim. Bu vazifani qanday bajarishni O'qituvchi belgilaydi.
3.Kirish - o'qituvchi talabalar o'rganishi lozim bo'lgan materialni belgilaydi, konsepsiyani
ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo'llarini ko'rsatadi.
4. Modellashtirish (namoyish qilish)-O'qituvchi o'rganilayotganlarni va natijada o'quvchilar
egallashi lozim bo'lgan ko'nikmani grafik shaklda ko'rsatadi yoki namoyish qiladi.
5. Amaliy boshqaruv - o'qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari
uchun qadamma - qadam rahbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko'rish sezgilarini ishga soladi va
faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
6. Tushunchalarni tekshirish - o'qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik
tushunganlarini dars davomida tekshirib, olga borish mumkinmi yoki yukligini aniqlaydi. Agar
olga borish mumkin bo'lmasa orqaga kaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.
7. Mustaqil amaliyot - o'qituvchi talabalarni o'zlarini tekshirib ko'rishlari uchun imkoniyat
yaratadi. Talabalar mustaqil o'zlari o'rganganlarini tekshirib ko'radilar.
8. Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o'z ishlarini, o'rganganlarini
o'qituvchiga so'zlab berish, namoyish qilish orqali ko'rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: |