13-mavzu: oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish. Tarbiyalanganlikni tashxis qilish metodikalari. Reja



Yüklə 36,34 Kb.
səhifə5/11
tarix08.05.2023
ölçüsü36,34 Kb.
#109308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-mavzu oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ish

Davlat ta’lim standartlari - umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim 
mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim 
muassasalari uchun majburiydir.


 

4. 2. O’quv rejalari va dasturlari. Darslik 
Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, dasturi va darsliklarda ifodalangan. 


O‘quv rejasi – davlat hujjatidir. O‘quv rejalari xalq ta’lim vazirligi tomonidan tuziladi va 
tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha maktablar uchun majburiy hisoblanadi. Maktabning 
o‘quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yo‘llari 
bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlarning haftalarga bo‘linishini 
belgilaydi. 
O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining 
tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O‘quv rejalari o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga muvofiq tuziladi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga 
asosan tuziladi. 

Ta’lim to’g’risidagi Qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi 


tenglashtirilgan. Ularning o’quvchilari va bitiruvchilari oliy o’quv yurtiga kirishda yoki tanlangan 
yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatishda konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng 
huquqlidirlar.
Har bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab 
chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va 
g’oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturida o‘quv yili 
davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma 
va malakalarning hajmi belgilab beriladi.
Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda kursning 
sinflarga, qismlarga, mavzularga bo‘linish, ularni o‘rganish tartibi, soatlar turi ko‘rsatiladi. 
Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
qisqacha ifodalab beriladi. Shunday qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini 
o‘quv predmeti doirasida aks ettiradi va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. 
Shuningdek, u darslikka o‘tishni tayyorlaydi va uning mualliflari faoliyati uchun yo‘llanma 
hisoblanadi. 



Yüklə 36,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin