C MC
N
C
ATC
P
P* D=MR a)
Q* Q
QM QE QN Q
16.3-rasm. Raqobatlashgan (a) va monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari
Bu ikki bozor o`rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko`rish mumkin:
Raqobatlashgan bozorda
P* MC
bo`lsa, monopol
raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori
PM MC ,
demak, iste`molchi qo`shimcha bir birlik mahsulot uchun to`laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori. Agar ishlab
chiqarish hajmi QM
dan QE
miqdorgacha oshirilganda ( MC chizig`i
bilan talab chizig`i kesishgan E nuqta) iste`molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo`lar edi (16.3-b -rasm). Buning sababi, yuqorida ko`rganimizdek, monopol hokimiyatning sof yo`qotishlarga olib kelishidir, monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan monopol hokimiyatga ega.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (12.3-a -
rasm) erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (12.3-b - rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq
tomonga siljigan bo`ladi va firma
Q QN
QM
miqdorga teng rezerv
quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin.
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste`molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari
Dostları ilə paylaş: |