13-mavzu. Sharq psixologiyasida shaxs muammosi reja



Yüklə 52,14 Kb.
səhifə4/4
tarix11.04.2023
ölçüsü52,14 Kb.
#96277
1   2   3   4
13 seminar saxs sharq psixologiyasi

olam bilan odam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni, odamning shaxs darajasiga ko‘tarilganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqador.
Ushbu ta’limotga muvofiq, butun olam borlig'i to'rt unsurdan (chor unsur): tuproq, suv, havo, olovdan iborat. Olam borlig'ining eng murakkab shakllaridan biri bo'lgan odamning tabiati ham, shubhasiz, o'sha to'rt unsur bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham, ushbu to'rt unsur hamisha muqaddas hisoblangan.
Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra shaxs bilan tabiat orasidagi o'zaro aloqadorlikka putur yetkazmaslik darkor. Yer, suv, havoni ifloslantirish gunohi a’zim hisoblangan. Hatto suvga tupurgan kishiga o'lim jazosi tayinlangan. Zardushtiylik ta’limotida bayon qilinishicha, hatto shaxsning mijozi ham olam borlig'i tarkibidagi chor unsur bilan bevosita bog'liq. Vazmin, bosiq odamlarni «hoksor» deb atash, g'ayratli, harakatchan kishilarni «jo'shqin», «toshqin», «qaynoq qon», deb baholash yoki beburd, yengiltak kishilarni «havoyi», «bodiy», deb atash ham o'sha zamonlardan qolgan udumlardir. Odamzot tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim, degan nuqtayi nazar zardushtiylik ta’limotidagi eng muhim g'oyalardan biri edi.
«Avesto» tiklangandan so‘ng unga bitilgan sharhlarni «Zand» deb atay boshladilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda Zand-Avesto termini yuzaga keldi. Zardushtiylik ta’limotida odam tanasi bilan joni orasidagi o'zaro aloqadorlikning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan fikr-mulohazalaming ko'pligi alohida ahamiyatga molikdir. Ushbu ta’limotga asosan, odam o'lgandan so'ng uning joni uch kun tanada turar ekan. Faqat to'rtinchi kunda jon go'zal qiz qiyofasiga kirib, farishtalar yo'lboshchiligida narigi dunyoga jo'naydi. Narigi dunyoga yetib borgach, o'sha go'zal qiz «Chinvat» degan ko'prikdan o'tishi lozim. Bu dunyoda yaxshi ishlar qilgan odam uchun o'sha «Chinvat» ko'prigi kengayarmish. Undan bemalol o'tib olgan, tanani tark etgan jon abadiy rohat-farog'atda yashar ekan. Rohat-farog'atda yashayotgan jonlar oxiratni kutib yotaverarmish. O'liklar tirilishi muqarrar bo'lgan vaqt yetib kelgach, o'z tanalariga yana qaytib kelarkanlar. Umrida birovlarga yaxshilik qilmagan, yovuzliklar bilan shug'ullangan odamlar joni «Chinvat» ko'prigidan o'ta olmas ekan. Bunday kimsalar uchun ko'prik torayib qolar, ularning jonlari jahannam azoblariga giriftor bo'larkan. Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra, olam biri ikkinchisiga qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan yolg'on, yorug'lik bilan zulmat orasidagi kurashga asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham bu kurash butun koinotni qamrab oladi.
Yaxshilik, yorug'lik, rostgo'ylik Ahura Mazda, yomonlik, zulmat esa Ahura Man (Ahriman) Xudolari timsolida namoyon bo'ladi. Xuddi shuning uchun Ahura Mazda butun olamni, yerni, suvni, o'simliklami, hatto dastlabki odamni ham yaratgan ekan. Butun tirik mavjudot, hayotni ham Ahura Mazda kashf etibdi. Ahura Mazda yaratgan birinchi Odam Ato Iyim deb nomangan ekan. Ahura Mazdaning ko'rsatamasiga muvofiq, Iyim yer yuziga turli jonli mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvon lar, qushlar urug'ini sochib, osoyishtalik bilan parvarish qilibdi. Ularning o'sib ulg'ayishi uchun zarur bo'lgan qizil shu’la taratib turuvchi olovni ko'paytiribdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida 900 yil yashabdi. Odam bolasining soni ko'payib ketib, yer yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim Xudoga iltijo qilib, yerni kengaytirishni so'rabdi va bunga erishibdi ham. Kunlarning birida Ahura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayotganligi haqida Iyimni xabardor qilibdi. Iyim yer yuzida mavjud bo'lgan tirik mavjudotlar urug'ini saqlab qolish uchun shoshilinch choralar ko'rishga kirishibdi. Maxsus uy qurib, yer yuzida yashab turgan barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zoti, a’lo navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Shunday qilib Iyim, yer yuzida yashovchi tirik jonzotlarni dahshatli ofatdan saqlab qolgan ekan.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotida ta’kidlanishicha, Xudo asli odamzotni yaratganda uni umuman o'lmaydigan, mangu yashaydigan qilib yaratgan ekan. Lekin o'sha Odam Ato — Iyim o'zi amalga oshirgan xayrli ishlardan mag'rurlanib ketib Xudo tomonidan taqiqlab qo'yilgan ne’mat — qoramol go'shtidan tanavvul qilib qo'yadi.
Oqibatda Xudoning qahriga uchraydi. "Shunday qilib, odamzot abadiy yashash imkoniyatidan mahrum bo'lib qolibdi. Yaxshilik xudosi Ahura Mazdani xayrli ishlarini kuzatib turgan yomonlik xudosi Ahura Man ham tek turmadi. U osmonni toraytirdi, kishilarning qalbiga g'ashlik va xafalik soldi. Makr, xiyla, riyokorlik, ayyorlikning turli-tuman ko'rinishlarini yaratdi. Xuddi o'sha Ahura Man alvasti, ajdaho, dev kabi jonzotlarni o'ylab topdi. Zaharli jonivorlar, qumursqalami yaxshilik, mangulikka qarshi qo'ydi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurash borgan sari avj olaverdi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra, shaxs faoliyatini boshqarib turgan eng muhim qudrat — axloq-odob normalaridir. Shuning uchun Zardusht oliy ibtido — Ahura Mazdadan shaxsning kundalik amaliy faoliyatini axloqiy kamolot tomon boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so'raydi. Ana shunda Ahura Mazda butun olam borlig'i ikki yirik boshlang'ich asos — ezgulik va yovuzlik atrofida mujassam ekanligini xabar qiladi. Zardushtiylikning asoschisi Zardusht Spitamonning fikriga ko‘ra, shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanish jarayonini tezlashtirmoq uchun, odamlar orasidagi ishonchsizlikni o‘rtadan ko‘tarmoq darkor.
Qavm-u qarindoshlar orasida bir- biriga adovat, dushmanlik bo'lmasligi lozim. Hamkor-u hamnafaslar g'alamislardan qutulmog'i, jahon ahli yomon rahbarlar zulmidan xoli bo‘lmog‘i zarur. El-yurtda osoyishtalik, barqarorlik hukmron bo‘lmog‘i, fuqarolar ongi va faoliyatida nafaqat o'zi, balki boshqalar haqida g'amxo'rlik qilish tuyg'usi ustuvor bo'lmog'i darkor. «Avesto»da qayd etilishicha, shaxsning yashashi uchun eng muhim shartlardan biri yerga bo'lgan oqilona munosabatdir. Xuddi shuning uchun ham zardushtiylik ta’limoti kishilarni yerdan unumli, oqilona foydalanishga da’vat etadi. Qo'riq, bo'z yerlarni o'zlashtirish, uni sug'oriladigan, ekin ekiladigan maydonlarga aylantirish, ayniqsa, g'alla ekish shaxsning muqaddas, olijanob ishlaridan biri, chunki g'alla shaxs tirikchiligining asosi, deb qaraladi. Ana shunday olijanob maqsad yo'lida halol mehnat qilish — shaxs hayotining mag'zidir, deyiladi. Shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnat, uning samarasi, ya’ni halol mehnat fayli yetishtirilgan hosil yovuz kuchlarga (hatto devlarga) be rilgan qaqshatqich zarba, deb hisoblanadi.
Yüklə 52,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin