13-mavzu: Transport tarmoqlari. Reja


PRI ning birinchi standarti



Yüklə 416,13 Kb.
səhifə3/11
tarix12.01.2023
ölçüsü416,13 Kb.
#79043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma\'ruza (1)

PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning iyerarxik ketma-ketligini o’z ichiga oladi.
PRIning ikkinchi standarti 1544 kbit/s tezlikka ega bo’lib, u 1 544 (yoki DS1) -6 312 (yoki DS2) -32 064 (yoki DS 3) -97 728 (yoki DS 4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. 
PRIning uchinchi standarti 2048kbit/s tezlikka ega bo'lib, u 2 048 (yoki Ye1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki Ye2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki Ye3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki Ye4: to’rtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki Ye5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi.

13.2-rasm. PRIning Shimoliy Amerika (ShAS), Yaponiya (YaS) va Yevropa (YeS) standartlaridagi multiplekslash (-) va kross-multiplekslash (---) sxemasi.

13.3-rasm. IKM-120 uzatish tizimida aloqani tashkil qilish sxemasi.
IKM-480 uzatish tizimi. Uchlamchi apparatura kompleksi IKM-480 raqamli uzatish tizimi zona ichida va magistral aloqa tarmoqlarida taramli kabellarni 1,2/4,6 mm juftli MKT-4 kabeli yordamida aloqani tashkil qilish uchun mo'ljallangan. Apparaturaning guruhli oqimisini uzatish tezligi 34368 kbit/s bo'lganda 480 tagacha T4 kanalini tashkil qiladi.
IKM-480 uzatish tizimining texnik ko'rsatkichlari:
1. Diametri 1,2/4,6 mm bo'lgan MKT-4 kabelida ishlaydi.
2. Ichki zona tarmoqlarida va magistral tarmoqlarda ishlaydi.
3. Uzatish tezligi - 34368 kbit/sek (34 Mbit).
4. TCh kanali bo'yicha qayta qabul qilish uzunligi — 250 km.
5. Xizmat ko'rsatiladigan regenerasion punktlar orasi — 200 km.
6. Xizmat qilinmaydigan regenerasiya punktlari orasi — 3 km.
7. XKRP lar orasidagi XQRP lar soni - 66 tagacha.
8. Ishlatiladigan kod-KVP-3 yoki MIQA.
9. Distansiya ta'minoti kuchlanishi — 1300 v, 200 mA tokda.
Amaliyotda IKM – 480, IKM 1920 uzatish tizimlari keng qo’llaniladi.

13.4-rasm. IKM-480 uzatish tizimi.

Yüklə 416,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin