13-mavzu: Transport tarmoqlari. Reja



Yüklə 416,13 Kb.
səhifə9/11
tarix12.01.2023
ölçüsü416,13 Kb.
#79043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma\'ruza (1)

ASAM multipleksori. ALCATEL firmasining abonentlar ulanish ATM-multipleksori ustunda joylashtiriladigan kengaytirish uchun katta imkoniyatli ATM tarmog‘i quvvatli multipleksori hisoblanadi. U ADSL liniyasi bilan moslashtirish platalariga, POTS bo‘lgichlariga va magistral liniya interfeysiga ega. Abonentlar ulanish ATM-multipleksori quvvatli ichki ATM shina atrofida qurilgan, u tarmoq interfeysi va bir necha chiziqli ADSL platalarini bog‘laydi. Chiziqli moslashtirish chiziqli platalari orqali har ikkala yo‘nalishlarda o‘tadigan trafik o‘tkazish qobiliyatidan optimal samarali foydalanish bilan tarmoq interfeysiga ATM shina orqali zichlashtiriladi/taqsimlanadi.
ASAM arxitekturasi. ADSL-ulanish nimtizimida ASAM tizimi tomonida joylashtiriladi. O‘rama juftlik va ASAM apparaturasi orqali har bir abonent keng polosali tarmoqqa (BB) va tor polosali telefon stansiyasiga (NB Narrow Band – tor polosali) ulanadi.
Umumiy holda ASAM multipleksori turli abonentlardan keladigan ma’lumotlarni ATM-formatga o‘zgartiradi. Bunday moslashtirish natijasida olingan ATM-yacheykalar bitta axborot oqimiga zichlashtiriladi va ulangan BB-ATM tarmog‘ining transport tizimiga yo‘naltiriladi. BB-ATM tarmog‘idan keladigan ATM-yacheykalar VPI/VCI (Virtual Path Identifier – Virtual yo‘llar identifikatori, Virtual Channel Identifier – Virtual ka-nallar identitikatori) identifikatoriga muvofiq zichlashtirishdan chiqariladi va tashqi xizmat interfeysida dastlabki formatga translatsiyalanadi.
Bundan tashqari, ASAM OAM funksiyasini ham bajaradi, bu uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.
ASAMning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
– umumiy maqsadlardagi funksiyalar;
– zichlashtirish/zichlashtirishdan chiqarish;
– boshqarish (OAM);
– NT-funksiyalar;
– TA (terminallar moslashtirilishi)-funksiyalar;
– tarmoqlash funksiyalari (PS);
– elektr funksiyalar.
Tarmoq tugallanmasi. D versiyadagi SANT (Synchronous ATM Network Termination – ATM sinxron tarmoq – tugallanmasi, SANT-D) tarmoq tugallanmasi tarmoq transport tizimini A1000 ADSL tizimiga ulaydi va fizik hamda ATM-darajalar bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni bajaradi.
Tarmoq raqamli transport tizimi 155,52 Mbit/s (SDH STM1/ SONET OC3s) tezlik orqali xarakterlanadi.
ASAM multipleksorda SANT-D SDH/SONET – 155,52 Mbit/s axborot oqimi uchun tarmoq tugallanmasi hisoblanadi. U raqamli uzatish tizimi bo‘yicha IQ shinaga va teskari uzatiladigan ATM-yacheykalarning almashtirilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, SANT-D tarmoq tugallanmasida ASAMni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan funksiyalar ko‘zda tutilgan.
Nihoyat, SANT-D tarmoq tugallanmasi IQ shinaning ken-gaytirilishini ta’minlaydi, buning uchun ham mos interfeys ko‘zda tutilgan. Bitta SANT-D tarmoq tugallanmasi va o‘n bitta A versiyadagi ADSE kengaytirgichlar (ADSE-A) bo‘lganida o‘n ikkita substativlarni (12 substativlar × 12 LT × 4 liniyalar = 576 li-niyalar) boshqarish mumkin bo‘ladi.
Fizik SANT-D tarmoq tugallanmasi o‘rnatiladigan (ikkilangan Yevropa) bosma platasida bajarilgan bo‘lib, unga IQ shinani joylashtirilishi tomonidan ASAM multipleksorining stativiga o‘rnatiladi.

Yüklə 416,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin