Tipik 800, 1-ustun (maksimum) 925;
Tipik 1000, 2- ustun, (maksimum) 1250
2. Shahar va global tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan transport tarmoqlarining qurilmalari Multipleksor bir necha signallar kirishlariga, bitta yoki undan ortiq boshqarish kirishlariga va bitta chiqishga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi. Multipleksor kirishlarining biridan chiqishga signalni uzatishga imkon beradi. Bunda kerakli kirishni tanlash boshqarish signallarining mos kombinatsiyasini berish orqali amalga oshiriladi. Analog va raqamli multipleksorlar ishlash tamoyili bo‘yicha sezilarli farqlanadi. Analog multipleksorlarda tanlangan kirish chiqish bilan elektr ulanadi (bunda ular orasidagi qarshilik uncha katta bo‘lmaydi, ya’ni birlab yoki o‘nlab omlarni tashkil etadi). Raqamli multipleksorlarda tanlangan kirish chiqish bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr ulanmaydi, faqat tanlangan kirishdan mantiqiy sathni («0» yoki «1») «ko‘chiradi». Analog multipleksorlar ba’zan kalitlar yoki kommutatorlar deyiladi. Multipleksorlar, asosan, bitta oqimga kanallarni zichlashtirish usuli bo‘yicha farqlanadi. Bu chastotaviy/spektral (FDMA), vaqt bo‘yicha (TDMA), kod bo‘yicha (CDMA), fazoviy (SDMA) multiplekslash bo‘lishi mumkin. Simli aloqa kanallarida, odatda, birinchi ikkita usullar, simsiz kanallarda esa barcha 4 ta multiplekslash usullari qo‘llaniladi.
Ulardan faqat birinchi ikkitasini ko‘rib chiqamiz, chunki multipleksor atamasi, odatda, aynan simli aloqa liniyalariga nis-batan qo‘llaniladi. Chastotaviy multiplekslashda umumiy aloqa kanalida har bir kirish oqimi uchun alohida chastotalar diapazoni ishlatiladi. Multipleksorning vazifasi bu holda har bir kirish kanalining spektrini boshqa kanallar bilan kesishmaydigan boshqa chastotalar intervaliga o‘tkazishdan iborat. Multiplekslangan kanallar hatto ularga ajratilgan chegaradan signal spektri chiqib ketganida bir-birlariga xalaqit qilmasligi uchun chastotalar diapazonlar orasida himoya intervallari qoldiriladi. Chastotaviy multiplekslash ham elektr, ham optik aloqa liniyalari, ham analog signallar uchun, ham raqamli signallar uchun qo‘llaniladi.