14-bob. Mehnatga haq to’lash tizimlarini tashkil etish
Mehnatga haq to’lashning rag’batlantiruvchi tizimlari.
Korxonalarda mehnatga haq to’lash tizimlarini ishlab chikishda bir vaqtning o’zida ikkita vazifani xal qilishga to’gri keladi. Birinchidan, xar bir tizim xodimning kuch-gayratini ish beruvchining tadbirkor, korxona egasining ishlab chiqarish natijalariga ega bo’lishiga: eng kam xarajatlar bilan kerakli mikdordagi rakobatbardosh mahsulot ishlab chikarilishiga erishishini ta’minlaydigan mehnat faoliyati ko’rsatkichlarini ko’lga kiritishiga yo’naltirishi lozim. Ikkinchidan, haq to’lashning xar bir tizimi xodimga uning o’zida mavjud bo’lgan akliy va jismoniy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratib berishi, ish jarayonida o’zini shaxs sifatida to’liq namoyon qilishiga imkon tugdirishi lozim. Bu aytilganlarning hammasi mehnatga haq to’lash tizimlarini ragbatlantiruvchi, kafolatlovchi va majbur qiluvchi tizimlarga bo’lish uchun baza yaratadi.
Ragbatlantiruvchi tizim deb muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida yuqorida ko’rsatib o’tilgan ikkita vazifani: ish beruvchiga zarur bo’lgan mehnat faoliyati natijalarini ko’lga kiritish va xodimga shaxsiy manfaatdorlik asosida uning o’z-o’zini to’liq namoyon qilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash vazifalarini eng makbul darajada xal qilishni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimini xisoblash kerak. Ragbatlantiruvchi tizim xodimga uning ko’rsatkichlarni yaxshilashda o’z ishtiroki darajasini tanlash imkonini beradi.
Majbur qiluvchi tizimda xodim ish beruvchini tomonidan ancha yuqori darajada belgilangan ko’rsatkichlarga erishishga majbur etiladi va xech qanday “pasayish”ga yo’l ko’yilmaydi. Agar bunday “pasayish” sodir etiladigan bo’lsa, xodim ish beruvchining talablariga javob bermaydigan xodim sifatida karaladi.
Mehnatga haq to’lashning kafolatlovchi tizimlari o’zining tashkiliy tuzilish va tavsiflariga ko’ra ragbatlantiruvchi tizimlariga ancha yakindir, lekin ularning asosiy vazifasi xodimga to’lanadigan ish haqini biron-bir ko’rsatkichlar bilan bog’liq kilib ko’ymasdan, balki unga aytilgan mablag mikdorini korxonada amal kilayotgan haq to’lash shartlari tarif stavkalari, narxlar belgilash, ko’shimcha haqlar, ustama haqlar to’lash, mukofotlar va shu kabilar berish bilan ta’minlashdan iborat.