3. IEEE 802.11 standartida kanal satxi Simli Ethernet tarmoqlaridagi singari, simsiz Wi Fi tarmoqlarida kanal satxi ikki quyi satxlardan, ya`ni, mantiqiy ulanish boshqaruvi (Logical Link Control, LLC) va uzatish muxitidan foydalanishga ijozat olish (Media Access Control, MAC) satxlaridan iborat. Ethernet da va 802.11 da LLC bir xil. SHuning uchun xam simli va simsiz tarmoqlarni o`zaro birlashtirish ancha oson. Ikkala standartlarda xam MAS ko`pgina umumiylikka ega, biroq, bir-biri biln taqqoslashni talab qiladigan farqlar xam mavjud.
Ethernet da ko`plikli kirish imkoninini yaratish uchun (bu xolda kabelli tarmoq orqali) CSMA/CD protokolidan foydalaniladi. Bu protokol tarmoqda zaga keladigan kolliziya xodisasini (komp’yuter tarmoqlarida bir necha qurilmalarning bir vaqtda ma`lumot uzatishi ana shu atama bilan nomlanadi) aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
IEEE 802.11 tarmoqlarida yarimdupleksli rejimdan foydalaniladi, ya`ni, vaqtning xar bir laxzasida uzatuvchi stantsiya ma`lumotni uzatadi, qabul qiluvchi tomon esa uni tinglaydi va aksincha. Bunday jarayonda, uzatish seansida kolliziyani aniqlash imkoni yo`q. IEEE 802.11 standarti uchun CSMA/CD protokolining modifikatsiyalangan varianti ishlab chiqilganki, u CSMA/CA deb nomlanadi. U quyidagicha ishlaydi. Ma`lumot uzatishga shay turgan stantsiya avvaliga uzatish kanalini tinglaydi. Agar unda faol stantsiya mavjud bo`lmasa, takroriy tinglash orqali kanalning band emasligiga amin bo`lgandan keyin efirdan foydalana boshlaydi. Tasodifiy ushlanib qolish liniyaning osilib qolmasligi uchun zarur. Boshqacha qilib aytganda, bir necha stantsiyaning efirdan bir vaqtda foydalanishga xarakat qilishining oldi olinadi. Agar ma`lumotlar buzilishsiz qabul qilingan bo`lsa, stantsiya tasdiq xabarini jo`natadi. Paketning to`liqligi nazorat summasini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomon tasdiq xabarini olgach, ma`lumotlar muvafaqiyatli qabul qilingan deb xisoblaydi va seansni yakunlaydi. Agar tasdiq xabari qabul qilinmagan bo`lsa, uzatuvchi stantsiya ma`lumotlarni tasodifiy vaqtdan keyin takroran uzatadi. Simsiz tarmoqlar uchun tegishli bo`lgan yana bir muammo shuki – ikki stantsiya bir-biri bilan sifatsiz aloqa bilan bog’lanishi mumkin, biroq, bunda xar bir stantsiya kirish nuqtasi bilan sifatli bog’langan bo`ladi. Bunday sharoitda uzatuvchi stantsiya kirish nuqtasiga efirni tozalash so`rovini junatadi va kirish nuqtasining buyrug’iga binoan boshqa mijozlik stantsiyalavri sifatsiz aloqa o`rnatilgan stantsiyalarning aloqa seanslari tugagunga qadar o`z muloqotlarini to`xtatib turadilar va shu orqali liniyadagi shovqinlar kamaytiriladi. efirni majburan tozalash rejimi (RTS/CTS protokollari) IEEE 802.11 standartining xamma modelli qurilmalarida xam o`rnatilmagan. Agar bu rejim qurilma spetsifikatsiyasida o`rnatilgan bo`lsada, undan kamdan-kam xollarda foydalaniladi. Ethernet da ma`lumotlar oqimi uzatilayotganda aloqa kanaliga kirishni boshqarish usuli qo`llaniladi va u barcha stantsiyalar o`rtasida taqsimlangan.