“Tangri taolloning va Muhammad Musafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim” degan fikrlaridan ham bilishimiz mumkinki A.Temurning diniy erkinlik va islom diniga bo`lgan buyuk hurmat ehtiromini.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta:
Birinchidan, u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan siyosiy tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z boshqaruvi ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.
Ikkinchidan,Amir Temur, bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo’g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak o‘rgansak uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik muruvvatlilik el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik mehr-muruvvat, qo‘shniichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va kahramonlik haqidagi o‘gitlardir.