«Vazirlar, — deyiladi «Tuzuklar»da,— saltanat ustunlaridir... (ular) mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchligini, sipohlarning birligini, xazina boyligini doimo ko’zda tutadilar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydilar. Saltanatga zararli narsalarni qaytarishda molu jonini ayamaydilar. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim deb hisoblagan:
Birinchisi — asllik, toza nasllilik;
ikkinchisi — aql-farosatlilik;
uchinchisi –sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo’lishlik;
to’rtinchisi — sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik...
Temur bilan yuzma yuz suhbatlashishga muyassar bo’lgan arab faylasufi Ibn Xaldunning e’tirof etishicha jahogir turk, arab fors xalqlarini tarixini juda yaxshi chuqur bilgan diniy va dunyoviy fanlarning falsafiy fanlarni ham eng murakka jihatlarini o’rganib olgan. Temur Tuzuklarini 1857 yil Xivada Muhammad Yusuf Rojiy va 1858 yil Pahlavon Niyoz tomonidan turkiy o’zbek tiliga o’girilgan. Uning Tuzuki temuriy malfuzot yana bir tarjima Xo’jand qozisi Nabijon Maxdum tomonidan Muhammad Alixonning buy’rug’iga binoan amalga oshirilgan
Temur tuzuklarini turkiydan forsiyga Husayn Turbatiy Yamandan olib kelib tarjima qilgan. Turkiydan o’zbek tiliga Hamidillo Karomatov tarjima qilgan. Amir Temurning vasiyatnomasida ham “Millatning dardiga darmon bo’lingiz...!” degan so’zlari ahamiyatlidir.
Temur tuzuklarinidagi 12 ijtimoiy tabaqa Sayyidlar, ulamo mashoyix fozil kishilar