14-mavzu. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari


Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash



Yüklə 45,1 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2023
ölçüsü45,1 Kb.
#188654
1   2   3   4   5   6
14-MA\'RUZA

Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash. Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi o‘rinda iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, tanlash maqsadida saralash (og‘zaki imtihon, vaziyatli masalalar, test topshiriqlari), ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish talab etiladi. Keyingi o‘rinda iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish yetakchilik qiladi.
Ilmiy faoliyatga qiziqqan, mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni «Ustoz-shogird» tizimida salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktiriladi. Iqtidorli talablarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil qilish nazarga tutiladi. Bunday talabalar bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash o‘quv jarayonining 1-bosqichidan boshlab amalga oshiriladi.
Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish, turli ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, Respublika olimpiadalari va forumlarida talabalarning ishtirok etishlarini tashkil etish, dekanat bilan birgalikda ularni rag‘batlantirish uchun tavsiyalar berib boriladi. Iqtidorli talabalarni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan, davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha oldindan belgilangan chora-tadbirlar asosida olib boriladi.
Ayniqsa, talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish yetakchi o‘rin egallaydi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda Iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida teatr studiyalari, turli xil to‘garaklar tashkil etish, festivallar va ommaviy tadbirlar uyushtirib turiladi. Iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatidan, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan davriy ravishda xabardor bo‘lib boriladi. Har bir kafedradagi iqtidorli talabalarga va to‘garaklarga mas’ul xodimlarning olib borayotgan ishlari nazorat qilib boriladi, kafedrada iqtidorli talabalar uchun yaratilgan muhit va sharoitni o‘rganib yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
Institutda har o‘quv yili davovmida «Eng yaxshi mustaqil ish», «Eng yaxshi ijodiy yondashuv», «Eng yaxshi innovatsion g‘oya», «Innovatsion ta’lim», «Yil talabasi» kabi loyihaviy tanlovlar nominatsiyalariga talabalarni jalb etish orqali talabalarda mustaqil ta’lim olishni rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda turli soha vakillarini jalb qilgan holda mahorat darslarini tashkil etish, iqtidorli talabalarning ilmiy maqola va tezislarini Respublika va xorijiy davlatlarning jurnallarida e’lon qildirilishiga ko‘maklashish choralari ko‘riladi. Matbuot kotibi bilan hamkorlikda Iqtidorli talablarning ilmiy izlanishlari hamda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida chiqishlari tashkil etilib boriladi. Respublika va xorijiy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy seminar, konferensiya va anjumanlar to‘g‘risida e’lon berib boriladi.
OTMda har o‘quv yili davomida, mavsumiy Respublika miqyosidagi tanlovlarning OTM bosqichi o‘tkaziladi. Buxgalteriya bilan hamkorlikda doimiy ilmiy izlanishda bo‘lgan talabalarga motivasiya berish maqsadida moddiy rag‘batlantirib turiladi. Yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini keng targ‘ib etish va ularning ongida barkamol shaxs idealini shakllantirish orqali zamonamiz qahramonlarini kamol toptirib boriladi. Bundan tashqari OTMda iqtidorli talabalar bilan doimiy fikr almashish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi.

Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin