14-mavzu. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 45,1 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü45,1 Kb.
#188654
1   2   3   4   5   6
14-MA\'RUZA

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari: talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish; Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash; talabalarda kasb hunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish; talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish; talabalarni ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish; talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish; talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish; talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish; manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borishdan iborat.
Xorij tajribasiga ko‘ra, har bir talabaning o‘qish davridagi ijtimoiy faolligi baholab boriladi va bu bitiruvchining portfoliosida ham o‘z aksini topadi. Eng muhimi, bitiruvchining ijtimoiy faolligi aks etgan portfoliosi ish beruvchilar tomonidan ham inobatga olinadi va qadrlanadi. Ushbu masala bo‘yicha ham kerakli huquqiy hujjatni qabul qilish zarurati mavjud.
Bugun har bir OTMda talabalarni erkin fikrlash, ijodkorligini namoyon qilish, dunyoqarashini mustaqil kengaytirishga xizmat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy muhitni yaratish, xorijiy tajriba asosida tarbiyaning zamonaviy shakl va uslublarini amaliyotga joriy etish, sifat va samaradorlikka alohida urg‘u bersakkina ko‘zlangan maqsadlarga erishishimiz mumkin.
Ushbu masalalarning samarali yo‘lga qo‘yilishi pirovard natijada o‘ta xavfli bo‘lgan turli illatlar – «ommaviy madaniyat», OITS va giyohvandlik, odam savdosi, korrupsiya, missionerlik va prozelitizm, ekstremizm va terrorizm, jinoyatchilik va huquqbuzarlik, axloqsizlik, turli yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshi kurashish orqali yoshlar hayotini, taqdirini, kelajagini to‘g‘ri yo‘lga burishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatning, ma’naviy tarbiyaning muhimligi ham, targ‘ibotni zamonaviy shakl va uslublarda tashkil etishning zarurati ham, bugungi globallashuv sharoitidagi dolzarbligi ham aynan shu xavf-xatarlarning mavjudligi va unga qarshi kurash vositalarining ahamiyati yuqori ekani bilan belgilanadi.

Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin