14-mavzu. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari


Ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarga ishtirok etish



Yüklə 45,1 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü45,1 Kb.
#188654
1   2   3   4   5   6
14-MA\'RUZA

Ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarga ishtirok etish. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lari – Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik takomillashtiriladi.
Bunday tanlovlarni oylik, choraklik, mavsumiy va yillik kabi turlarga ajratish mumkin. Institut ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga qarab fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari tomonidan har oy kesimida tuzilgan yillik ish rejada kiritilgan tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Tadbirlar fakultetlar, OTMlar, Respublika miqyosida amalga oshiriladi. Har bir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘zining nomi va shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar besh muhim tashabbus: birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish; ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish; to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari doirasida amalga oshiriladi. Institutda sport o‘yinlari, zakovat o‘yinlari, turli ko‘rik-tanlovlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yetakchi o‘rin egallaydi.


Ushbu tadbirlarda talabalarning ishtirokini ta’minlash birinchi o‘rinda yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, kafedra professor-o‘qituvchilari va ayniqsa, tyutorlar zimmasida bo‘lib, ular tadbirlar bo‘lib o‘tadigan muddat, mavzusi, maqsadi bilan o‘z vaqtida axborot berib borishadi. Bundan tashqari talaba yo‘shlarni jamoada ishlash, ijodiy qobiliyatini oshirish, mas’uliyat hissini oshirishga ko‘maklashishadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiyoqi baland talabalar aniqlanadi va ularning faoliyati takomillashtirib boriladi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tadbirlarga ishtiyoqi past talabalar ham e’tibordan chetga qolmaslik choralari ko‘riladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nafaqat o‘qish jarayonida, balki o‘qishdan tashqari tungi paytlarda – Talabalar turar joylarida ham tashkil qilinadi. Bundan tashqari, yoz oylarida ham oflayn, onlayn tarzda tadbirlar tashkil qilish mumkin. Eng asosiysi, bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, layoqati, iqtidorini takomillashtirish va bo‘lajak o‘qituvchi sifatidagi qobiliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin