1–4 sinflar B



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə16/16
tarix14.06.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#129975
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Ona tili fanidan

3- sinf


Bilim:
- jonli va jonsiz tabiat;
- tabiat hodisalari;
- shamol — havoning harakati ekanligi;
- suvning asosiy xususiyatlari;
- okean, dengiz, daryo, ko‘llar;
- tabiatda suvning aylanishi;
- atmosferadagi hodisalar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi);
- foydali qazilmalar;
- o‘tsimon va butasimon o‘simliklar, daraxtlar;
- foydali va zararli hasharotlar;
- inson tanasining tuzilishini, teri, skelet va muskullarning vazifalari;
- yurak va qon tomirlari, nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari,
nerv sistemasining vazifalari;
- chekish, alkogol ichimliklari va giyohvand moddalarni iste’mol qilishning
organizmga ta’siri.
Ko‘nikma:
- suvning muzlashi, muzning erishi, suvning qaynashini tavsiflay olish;
- yashash joyidagi keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlarni tavsiflay olish;
- eng muhim madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ishni
tavsiflay olish;
- manzarali o‘simliklarning ahamiyatini tavsiflay olish;
- tabiat manzarasini tavsiflay olish.
Malaka:
- maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tkazish;
- gigiyenik qoidalarga amal qilish;
- tabiatni muhofaza qilish, tabiatda o‘zini tutish qoidalariga amal qilish;
- «Qizil kitob»ga kirgan 56 ta o‘simlik, 34 ta hayvon turlarini aytish;
- gerbariylarni tayyorlash;
- tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, kundalik materiallar bo‘yicha
kuzatishlarga yakun chiqarish.
- O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni yuksak axloq va madaniyatni o‘zida mujassam etgan shaxslar qilib tarbiyalash;
- Davlat ta“lim standartlari talablarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish;
- o‘quvchilarda mardlik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish, milliy iftixor tuyg‘usini kamol toptirish, ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilishdan iborat
- bolalarda erkin, sog‘lom fikrni rivojlantirish, to‘gri dunyoqarashni shakllantirish;
- Tabiatni asrash va e’zozlash, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy o‘yinlar, ilm va hunarning xosiyati, odob – inson ko‘rki kabi mavzularda o‘quvchilarni xalqimizga xos bo‘lgan odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish.
- o‘quvchilar tarbiyasida odob-axloq me’yorlarini, insoniylik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

“Odobnoma” fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


1-sinf o‘quvchilari quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishi lozim

Bilim
- 1- sentyabr Mustaqillik kuni - yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish;


- salomlashish qoidalarini, odobini bilish;
- odob go‘zallik ramzi ekanligini bilish;
- ziyorat qilish odobini bilish;
- Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva eng qadimiy shaharlarimizdan ekanligini bilish;
- tabiatni asrashda nimalarga ahamiyat berish lozimligini bilish;
- milliy o‘yinlarimizning qanday paydo bo‘lganligini bilish;

Ko‘nikma
- to‘g‘ri salom berish;


- uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishda ota-onasiga yordam berish;
- o‘quv qurollarini saranjom saqlash”;
- Ota-onasining, kattalarning mehnatini qadrlash;
- sog‘ligini saqlashga harakat qilish;
- ziyorat qilish odobliga amal qila olish.

Malaka
- salomlashish odobini o‘zlashtirish va unga rioya qilgan holda


salomlashish;
· jamoat joyida, dasturxon atrofida odob saqlay olish;
· kamtar bo‘lishga odatlanish;
· shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
· kun tartibini tuzish va unga rioya etish;
· darslikdagi savol va topshiriqlarni mustaqil ishlash;
· o‘qigan hikoyalari asosida hulosa chiqarish;
· odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;
· yolg‘onchilik va chaqimchilik qilmaslik.

“Odobnoma” fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


2-sinf o‘quvchilari quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishi lozim
Bilim:
· O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti ekanligini bilish;
· Kitob o‘qish va undan foydalanish madaniyati haqida bilish;
· Odob salomdan boshlanishini bilish;
· isrof va tejamkorlik so‘zlarining mazmunini bilish;
· oila kichik Vatan ekanligini bilish;
· do‘stlik odobini bilish;
· odobli bolaning xatti-harakatlarni bilish;
· “salomlashish – madaniyat” ekanligini bilish;
· mehnatning turlarini bilish;
· kasb turlarini farqlay olish;
· dam olish, sog‘liqni saqlash, bilim olish huquqlari haqida bilish;
· Vatanimizda nishonlanadigan milliy bayramlar haqida bilish;

Ko‘nikma:


· odobli bola bo‘lishga harakat qilish;
· o‘quv qurollarini saranjom saqlash;
· ota-onasining, kattalarning mehnatini qadrlash;
· o‘zidan kichiklarga, ojizlarga mehr muruvvat ko‘rsata olish;
· atrof muhitga va hayvonlarga oqilona munosabatda bo‘lish;
· salomlashish qoidalariga rioya qilish;
· sog‘ligini saqlashga rioya qilish;
· kun tartibini tuza olish;
· kasb turlarini bir-biridan ajrata olish;
· halollik, to‘g‘rilik tushunchalarni idrok etish va ularga rioya qilish.

Malaka:
· darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;


· matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;
· o‘z fikrini erkin ifodalay olish;
· odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;
· yolg‘onchilik va chaqimchilik qilmaslik,
· o‘zidan kichiklarga yordam berish.
· Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;
· Yaxshi o‘qish va na’munali hulqqa ega bo‘lishga harakat qilish.
“Odobnoma” fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
3-sinf o‘quvchilari quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishi lozim

Bilim:
· O‘zbekiston Respublikasi – mustaqil davlat ekanligini bilish;


· Vatan ostonadan (oiladan, mahalladan) boshlanishi haqidagi tushunchalarni bilish;
· o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni, mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshoatlar, hamda muqaddas qadamjolar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
· Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqida bilish;
· Inson go‘zalligi axloq-odobi bilan ekanligini bilish;
· xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlar va iboralarni bilish;
· tejamkorlikning barakasi, isrofgarchilikning oqibatlari haqidagi tushunchalarni bilish;
· bozordagi tartib qoidalarni bilish;
· ehtiyotkorlik va havfsizlik qoidalarini bilish.

Ko‘nikma:


· Yurtimizda yashab ijod etgan allomalar haqidagi rivoyatlarni hikoya qilib berish;
· odob axloq qoidalariga doir amaliy mashqlarni bajara olish;
· halollik, to‘g‘rilik tushunchalarini anglash;
· ziyorat odobini bilish;
· odob axloqqa oid maqollarni mazmunini tushunish;
· jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qilish;
· kasblar haqida ma‘lumotga ega bo“lish;
· xalq o‘yinlarining turlarini bilish.

Malaka:
· Olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita olish;


· darslikda berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga harakat qilish;
· matnda berilgan voqealarga mustaqil ravishda munosabat bildira olish;
· o‘z fikrini erkin ifodalay olish;
· odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatishga harakat qilish;
· Yaxshi va yomon odatlar haqida kichik hikoya tuza olish;
· Halollik, to‘g‘rilik qoidalariga rioya qilish;
· O‘qigan ertaklar va rivoyatlarga munosabat bildira olish, mazmunini gapirib berish, xulosa chiqarish.
Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin