1–4 sinflar B


III. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə15/16
tarix14.06.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#129975
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Ona tili fanidan

III. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
1- sinf


Bilim:
- ko‘cha va transportda yurish qoidalari;
- uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqi;
- qush va hasharotlarning bir-biridan farqi;
- madaniy va yovvoyi o‘simliklar;
- o‘simlik qismlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘);
- yil fasllari nomlari;
- ob-havoning turlicha bo‘lishi;
- o‘quv qurollari, uy jihozlari, oshxona anjomlari, xonadonda
foydalaniladigan elektr asboblar, kompyuter va uning imkoniyatlari;
- suvning inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi.
Ko‘nikma:
- o‘z maktabini tavsiflay olish;
- o‘zining yashash manzilini ayta olish;
- o‘simlik va hayvonlarning hayoti uchun oziqlanishi zarurligini tushuntira
olish;
- uy hayvonlaridan 56 tasining nomini ayta olish;
- yovvoyi hayvonlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- qushlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- hasharotlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- Quyosh, yorug‘lik va issiqlikning erdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay
olish.
Malaka:
- kun tartibiga rioya qilish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- oshxona ishlarida onasiga yordam berish;
- yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish.
Atrofimizdagi olam” fanidan Davlat ta’lim standarti


2- sinf


Bilim:
- fasllardagi mavsumiy o‘zgarishlar;
- Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi;
- jism va moddalar;
- suvning uch holati;
- kishilarning kuz, qish va bahordagi mehnati;
- aksariyat o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishi;
- termometr;
- inson bilan tabiatning bog‘liqligi;
- ovqatlanish gigiyenasi;
- vaqt o‘lchov birligi.
Ko‘nikma:
- havo va suvning Yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish;
- kuzatishga asoslanib havodagi o‘zgarishlarni tushuntira olish;
- tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish;
- O‘zbekistonda yetishtiriladigan 56 xil o‘simliklarni ayta olish;
- inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish;
- kun chiqishi, tush vaqti, kun botishini tushuntira olish.
Malaka:
- termometr yordamida havo va suvning haroratini o‘lchash;
- soatdan vaqtni aniqlash;
- shaxsiy gigiyenaga amal qilish;
- tishni parvarishlash;
- ovqatlanish tartibiga amal qilish;
- tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilish.

Tabiat” fanidan Davlat ta’lim standarti





Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin