Makromolekulaning o`rinbosarlari fazoda tartibsiz (L- va D- shakllar aralash-
quralash, statistik betartiblikda) joylashgan bo`lsa uni ataktik makromolekula
deyiladi. Stereoregulyar makromolekulalar o`zaro tartibli joylashishi mumkin, ataktik
makromolekulalarda bunday imkoniyat yo`q (silliq va silliq bo`lmagan
taxtaning
taxlanishiga o`xshash). Shu sababli stereoregulyar polimerlarning materiallari yuqori
mexanik xossalarga ega bo`ladi. Chunki stereoregulyar makromolekulali polimer
ko`pincha kristallik strukturaga, ataktik polimerlar esa amorf strukturaga ega bo`ladi.
Izotaktik polipropilenning sindiotaktikadan zichligi va erish harorati (20 °С dan)
yuqori.
Polimerlarda sis-trans izomeriya dienlarning (masalan, polibutadien)
polimerlarida uchraydi. Bu ham fazoviy (geometrik) izomeriyaning xususiy bir
turidir:
CH
2
CH CH
CH
2
CH
2
CH
CH
CH
2
Sis- izomer
Trans- izomer
Bu izomeriya ham polimerlarning xossasiga sezilarli ta'sir qiladi. Masalan, 1,4-
poliizoprenning sis- izomeri oddiy haroratda elastik holida (tabiiy kauchuk, Geveya
daraxtidan olingani) va kauchuk sifatida ishlatiladi.
Ammo uy haroratida trans-
izomer guttapercha nomli qattiq plastikdir, chunki, u ancha yuqoriroq haroratda
(+65°С) yumshaydi va undan yuqoriroq haroratdagina
kauchuksimon xossani
namoyon qiladi.
Asosiy zanjirning tarangligi har-xil bo`lishi mumkin. U asosan bo`g`inlarning
kimyoviy tuzilishi va tabiatiga ko`p bog`liq.
Polimerlarning molekulyar massasi ularning asosiy ko`rsatkichlaridan biri
bo`lib, 5-10 mingdan bir necha milliongacha intervalda bo`ladi.
Quyi molekulali moddalarda, bilamizki, molekulyar massa bir xil bo`ladi.
Undan farqli o`laroq, polimerni tashkil qilgan makromolekulalarining
molekulyar
massasi har xil, polidispers bo`ladi. Moddaning keng qabul qilingan ma'nosida birorta
eng toza polimerni `toza modda` deb bo`lmaydi, chunki u har xil molekulyar massa
qiymatiga ega bo`lgan makromolekulalardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: