Zanjirning o`sishi: faollashgan monomerni RM* monomer molekulalari
bilan to`qnashib ularga birikishi va faol markazni oxirgi monomer bo`g`iniga
ko`chishidan iborat:
RM*+M→RMM*+M→RMMM*→... R~M*
O`sayotgan R~M*- kinetik zanjir deyiladi.
Zanjirning uzilishi: O`sayotgan kinetik zanjir biror
bir zarracha yoki modda
molekulasiga (monomer, erituvchi yoki ikkinchi kinetik zanjir) to`qnashib faolligini
yo`qotadi va o`sishdan to`xtaydi:
R~М*+*M~R→R~R ѐки R~М*+R
1
→R~M-R
Shu bilan makromolekula hosil bo`ladi. Ammo polimerlanishda ko`pincha
yana bir bosqich sodir bo`ladi. Uning nomi zanjirning uzatilishidir.
Zanjirning uzatilishi: o`sayotgan kinetik zanjir reaksiya
muhitidagi erituvchi
yoki boshqa moddalar molekulalari (A) bilan to`qnashib ularga faol markazni
uzatadi:
R~М*+A→ R~М+A*
Faollashgan yangi zarracha A* xuddi R* kabi monomer
molekulasiga birikib
yangi kinetik zanjirni paydo bo`lishi va o`sishga olib boradi:
A*+M→AM*+M→ AMM*+M→ AMMM*→…→ A~M*
Polimerlanish reaksiyalarining bir necha xususiyatlari bor:
a)
reaksiyaning har qanday vaqtida reaksion muhitda faqat monomer va polimer
molekulalari topiladi. Oraliq moddalar xuddi polikondensatlanish reaksiyasidagidek bo`lmaydi;
b)
hosil bo`layotgan polimerning
М
doimo bir xil.
U polimerlanish chuqurligi
va temperaturaga bog`liq. Ular o`zgarmas bo`lganda
М
vaqtga bog`liq emas.
ПД
~f(t
0
, ψ);
v) reaksiya vaqti ortishi bilan makromolekulalar soni va hosili ko`payadi. Ana shu
xususiyatlar bilan zanjirsimon polimerlanish polikondensatlanish va
bosqichli polimerlanishdan
farq qiladi.
Polimerlanish jarayoni uni boshqaradigan faol zarrachaning tabiatiga qarab uch turga
bo`linadi:
Radikal, kationli va anionli polimerlanish. Ular mexanizmi va kinetikasi bilan bir-biridan
ancha farqlanadi. Monomerlar o`zlarining kimyoviy tabiati va tuzilishiga
qarab polimerlanish
uslubi bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: