O'QUV BOSQICHLARI Kamchiliklarga qaramay, inklyuziv ta'lim juda ko'p afzalliklarga ega. Ushbu ta'lim tizimiga maktabgacha yoshdagi bolalar bog'chalari va boshqa muassasalar, o'rta maktablar va o'rta kasb-hunar va oliy kasb-hunar ta'limi kiradi. Inklyuzivning asosiy maqsadi - bu nogironlar uchun to'siqsiz muhit yaratishdir.
“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.
Biroq, qonunning 20-moddasi “Inklyuziv ta’lim” bu ta’rifni o‘z ichiga olmaydi. Unda faqatgina “inklyuziv ta’lim barcha bolalarga, shu jumladan ta’lim olish chog‘ida o‘ziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda bo‘lish” haqida so‘z boradi.
Mazkur modda nogironligi bo‘lgan bolalarning barcha, ya’ni aqliy va sensor (eshitish va ko‘rish) nuqsonlari bo‘lgan bolalar toifalarini qamrab olmagan. Moddada ishlatilgan tushuncha “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan “nogiron bolalar” tushunchasiga mos kelishi lozim.
Sasseks universiteti Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti Dilmurod Yusupov “Aqliy va sensorn nogironligi bo‘lgan bolalarni ajratib qo‘yish asosan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi, kar va eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan matablar hamda internatlar faoliyat yuritayotganiga asoslangan bo‘lishi mumkin, ammo bu kabi bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklab qo‘yish mumkin emas” degan fikrni ilgari surdi.
20-modda inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo‘yadi: “Ta'lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi.”
Boshqacha aytganda, agar ta’lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim huquqidan foydalanishga da’vo qilishlari mumkin.