Hayoti davomida uzluksiz inklyuziv ta’lim olish huquqi
Inklyuziv ta’lim nafaqat nogironligi bor bolalarga, balki barcha yoshdagi nogironligi bo‘lgan insonlarga ham tegishli bo‘lishi kerak.
“Qonun loyihasida faqat bolalar haqida so‘z boradi, biz esa kattalarning ham umri davomida uzluksiz ta’lim olish huquqi to‘g‘risida gapiryapmiz. Misol uchun, agar hozir men ham inklyuziv ta’lim olish istagini bildirsam, bu qonun men uchun ham o‘z kuchida qolishi kerak”, — dedi Oybek Isoqov.
Inklyuziv ta’lim maktabgacha, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari va oliy ta’limdan keyingi barcha darajalarda sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga, shuningdek, ularning maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining turliligiga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Masalan, 2018 yilda I va II guruh nogironlari uchun ikki foizli kvota joriy qilinganidan so‘ng, inklyuziv oliy ta’lim masalasi negizida nogiron talabalar uchun universitetlarning o‘quv binolari va yotoqxonalari, eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun imo-ishora tili tarjimonlari, mahsus Brayl yozuvidagi o‘quv qo‘llanmalarining yo‘qligi, ko‘rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun mahsus o‘quv qo‘llanmalar va boshqa oqilona qo‘layliklar yo‘qligi muammosi dolzarblik kasb qildi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Rivojlanishi va xulqida chetlanishlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan qaysi fan shug‘ullanadi?
Korreksion pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?
“Korreksiya”. “korreksion pedagogik faoliyat” tushunchalari qanday ma’noni anglatadi?
Anomal o‘quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?
Korreksion pedagogika (defektologiya) fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
“Rivojlanishdagi chetlanishlar” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
Aqli zaif bolalar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi?
Logopediya nima?
O‘quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik xususiyatlariga ega?
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi?