16-Mavzu. Korrektsion pedagogika. Inklyuziv ta’lim (Inclusive education). R ej a


teng huquq kafolatlanadi va to‘siqsiz ta’lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi



Yüklə 223,09 Kb.
səhifə7/9
tarix02.06.2023
ölçüsü223,09 Kb.
#122112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-mavzu

teng huquq kafolatlanadi va to‘siqsiz ta’lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi.”
Nogironligi va rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning umumta’lim maktablarida tahsil olish huquqi qonun bilan belgilanishi lozim. Agar bola yoki uning ota-onasi bu huquqdan foydalanish istagini bildirsa, maktab zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
“Qonun loyihasida inklyuziv ta’lim “teng huquqli munosobatlarga qaratilgan"ligi ko‘rsatilgan — bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’rif, chunki inklyuziya teng huquq emas, balki teng imkoniyat to‘g‘risida so‘z yuritadi. Inklyuziya huquq to‘g‘risida emas, imkoniyatlar to‘g‘risidagi tushunchalarga asoslangan. Bu yerda katta farq mavjud. Haq-huquq hammadaku bir xil, biroq imkoniyatlarimiz bir xil emas. Inklyuziya hamma uchun teng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilishiga qaratilgan”, — deb ta’kidlaydi Oybek Isoqov.
2009 yil O‘zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta’lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta’lim va hayoti davomida uzluksiz o‘qishni ta’minlash majburiyatini yuklatadi.
Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim.
“O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi Galina Nam.
“Inklyuziv ta’lim olishning belgilangan huquqi yo‘qligi sababli ota-onalar faqatgina Konstitutsiya moddasidan foydalanishga majbur. Biz uzoq vaqt ish olib borgan ota-onalarga farzandlari oddiy maktabda o‘qishi uchun va ular faqat o‘zlarining huquqlarini bilishlari hamda sabr-toqat bilan qurollanishlari kerakligini qat’iy uqtirdik. “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririda esa aksinchabizning huquqlarimizni qisqartirishdi, shunday qisqartirishdiki, “vakolatli organlar” siz uchun hammasini hal qildi, siz o‘rningizda o‘tiring va indamang deyayotgandek go‘yo”, — deya xafa bo‘ladi Qibray tumani “Opa-singillar” nogiron ayollar jamiyati raisi 
Yüklə 223,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin