16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 442,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix19.12.2023
ölçüsü442,77 Kb.
#186983
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-МАВЗУ

 
Yerga talab. 
Erga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun 
bo`lgan erga talab va noqishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan talab. 
D

D
q/x
+
D
noq/x 

bu erda 
D
-umumiy talab; 
D
q/x
-qishloq xo`jaligi uchun talab; 
D
q/x
-noqishloq xo`jaligi talabi. 
Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (106-rasm). 
106-rasm. Yerga talab.
22
Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, 
er unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda 
foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. 
21
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-171 b.
22
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-171 b.
S 
Q
*
Bir gektarga 
so`m
gektar
P 
Q 

P 
So`m, gektar 
Pgektar 
D = D
қ/х
+D
nоқ/х
D
nоқ/х
D
қ/х


D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish qonunini keng 
tarqalishida muhim rol o`ynagan. 
Noqishloq xo`jalik sohalarining erga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu 
erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki 
shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan 
bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z 
ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari 
qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha 
pulini er sotib olishga sarflaydi (erga bo`lgan inflyatsion talab). SHuning uchun ham er boylikni 
saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik erlarga talab erning 
hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir. 
Odatda shahar markazlaridagi er narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa 
uning narxi kamayib boradi. 
Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni 
oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste`molchilaridan 
uzoqlashish darajasiga) bog`liq. 
Qishloq xo`jalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. 
Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. 
SHuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi 
qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi. 
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam 
miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va 
aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin 
kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. 

Yüklə 442,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin