1. Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari.
Sof ijtimoiy ne`mat
-bu
barcha fuqarolar tomonidan, jamoa tomonidan iste`mol qilinadigan
ne`mat bo`lib, ushbu iste`mol alohida insonning ushbu ne`mat uchun pul to`lashi yoki
to`lamasligiga bog`liq emas.
Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste`mol qilishda tanlanmaslik va iste`moldan
ajratilmaslik. SHunday xususiyatga ega bo`lgan ijtimoiy ne`matga
armiya va militsiya xizmati
kiradi. Iste`molda tanlanmasligi
xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne`matni
bir kishi
tomonidan iste`mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne`mat iste`molini kamaytirmaydi.
Bunday ne`matlar raqobatdan holi, nima uchun deganda, qo`shimcha iste`molning chekli xarajati
nolga teng.
Iste`moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hech bir kishiga iste`mol qilish (hatto
u ushbu iste`mol uchun to`lashdan voz kechsa ham) man qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: