Yer bozori Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya`ni: yerning
hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini
qaraymiz, ya`ni uning ustki qatlamidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda
(uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
Yerning o`ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa
joyga, ya`ni kapitalni ko`chirganday ko`chirib bo`lmaydi.
Yer taklifi. Yer taklifiga ta`sir etuvchi asosiy omillar-bu uning hosildorligi va qulay
joylashganligidir. Ma`lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan bo`ladi. Sifatli,
shaharlarga yaqin bo`lgan yerlar yanada ko`proq cheklangan bo`ladi.
Ma`lumki, yerning hosildorligi yerning sifatiga, ob-havo sharoitiga, suv bilan ta`minlanishi
mumkinligiga, unda mehnat qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va foydalaniladigan texnikaga,
ekiladigan urug` sifatiga va hokazolarga bog`liqdir. Yuqoridagi omillarning ko`pchiligi
o`zgaruvchan bo`lib, ularning ta`siri ham o`zgaruvchandir. Lekin, qishloq xo`jaligida
foydalaniladigan kapitalning va mehnatning o`zgarishi har doim ham bir xil sodir bo`lmaydi. Ular
odatda ma`lum muddat o`tgandan keyin o`zgaradi.
Yer taklifining cheklanganligi shuni ko`rsatadiki, uning taklif chizig`i absolyut elastik emas.
SHuning uchun yerning taklif chizig`i grafikda vertikal ko`rinishga ega bo`ladi (105-rasm).
Taklif chizig`ining ayusolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir
gektariga) qanchalik oshmasin, yer taklifi o`zgarmaydi. Erning real narxi qanday bo`lishini
aniqlash uchun unga bo`lgan talabni tahlil qilish kerak bo`ladi. Taklif o`zgarmasa, bozor narxini
o`rnatilishida talab katta rol o`ynaydi.
20
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-170 b.
PDV i i i i
100
1
100
1
100
1
1000
1
1
2
10
10
...
.
( )
0,7
2,0
1,5
1,2
1,0
0,6
0,5
0,20
0,15
0,10
0,05
PDVdaromad,