Investitsiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko`ra, investitsiya o`zini oqlaydi, agar
bo`lsa. Bu erda
Demak,
investitsiyaga talab funktsiyasi. Ushbu funktsiyaning grafigi kamayuvchi
bo`lib, investitsiya "narxi" bilan, ya`ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar
o`rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (103-rasm).
103-rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi.
19
Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag`
qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda
berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag`
qo`yish masshtabi kengayadi, ya`ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan
ta`minlanadi.
Inflyatsiyaning ta`siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o`sishi joriy va
kelajakda olinadigan mablag`lar nisbatini o`zgartiradi. SHuning uchun ham inflyatsiya darajasi
loyihalarni baholashda e`tiborga olinishi zarur.
Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham)
bo`lgan narxlarning darajasi o`sganda, ular o`rtasidagi nisbat o`zgarmasa, bunday o`zgarishga
balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya`ni narxlarning o`sish sur`ati bir xil bo`lganda
loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham bo`ladi. Nominal narxlardan, nominal
foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda
va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real
foiz stavkasidan foydalanish kerak bo`ladi.
19
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-168 b.
i i T NPV
0
NPV
0
t
NPV I R C i
.
NPV I f i
( ) 0
f i R C i t t t t T ( )
.
1
1
I f i
( )
i I 0
Agar har bir tovar, xizmat va resurs o`zining narx o`sish sur`atiga ega bo`lsa, inflyatsiya
balanslashmagan bo`ladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha bo`yicha hisob-kitoblarni
murakkablashtirib yuboradi.