2. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli
Bozor ojizligi
-bu shunday hodisaki, bunda bozor resurslardan samarali foydalanishni
ta`minlay olmaydi.
Bozor ojizligini ko`rsatuvchi to`rtta turdagi vaziyat mavjud va bu vaziyatlar samarasiz
vaziyat hisoblanadi:
1.
Monopoliya.
2.
Asimmetrik axborot.
3.
Tashqi samara.
4.
Ijtimoiy ne`mat.
Ushbu vaziyatlarda bozorga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Bu
muammolarni davlat monopoliyaga qarshi siyosat yuritish, ijtimoiy sug`urtalash, salbiy tashqi
samaraga ega bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni cheklash va ijobiy tashqi samaraga
ega bo`lgan ishlab chiqarish va iste`molni rag`batlantirish orqali echishga harakat qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqta davlatning iqtisodiy funktsiyalari kengayib bormoqda. Bularga quyidagilar
kiradi: infratuzilmani rivojlantirish; maorifni rivojlantirish; ishsizlikka nafaqa ajratish, har xil
24
Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-
68 Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-
588
nafaqalar va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam berish va hokazolar. Bulardan bir
qisminigina sof ijtimoiy ne`matga kiritish mumkin. Ularning ko`pchiligi jamoa va shaxslar
tomonidan iste`mol qilinadi.
Hozirgi vaqtda jami yalpi mahsulot tarkibida davlatning xarajatlari ulushi barcha rivojlangan
davlatlarda oshib borish tendentsiyasiga ega. Yuqoridagilardan tashqari davlat monopolizmga,
inflyatsiyaga, ishsizlikka qarshi siyosat olib bormoqda, barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashga
e`tibor bermoqda, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnik
tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlamoqda.
Davlat iqtisodiyotda asosan ikkita masalani echishga harakat qilib kelmoqda: bozorni
normal ishlashini ta`minlash va dolzarb bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni echish.
SHuni ham aytish kerakki, davlatning bozor mexanizmiga asoslangan iqtisodiyotga
aralashuvi o`zining chegarasiga ega bo`lishi kerak. Birinchi navbatda, davlatning bozor
mexanizmiga aralashuvi bozor mexanizmini buzilishiga olib kelmasligi kerak. Davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmlarini ma`muriy boshqaruv bilan almashtirmasligi lozim.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ko`proq bozor mexanizmini kuchaytirishga yoki
kamaytirishga olib kelishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |