D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish qonunini keng
tarqalishida muhim rol o`ynagan.
Noqishloq xo`jalik sohalarining erga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu
erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki
shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan
bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z
ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari
qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha
pulini er sotib olishga sarflaydi (erga bo`lgan inflyatsion talab). SHuning uchun ham er boylikni
saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik erlarga talab erning
hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir.
Odatda shahar markazlaridagi er narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa
uning narxi kamayib boradi.
Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni
oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste`molchilaridan
uzoqlashish darajasiga) bog`liq.
Qishloq xo`jalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi.
Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar.
SHuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi
qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam
miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va
aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin
kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: