16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish


Mehnat bozorida monopsoniya bo`lgan hol



Yüklə 442,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix19.12.2023
ölçüsü442,77 Kb.
#186983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-МАВЗУ

Mehnat bozorida monopsoniya bo`lgan hol. 
Bunday hol ko`proq kichik shaharlarda 
uchraydi. SHaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo`lib, u shahar aholisining asosiy qismini 
ish bilan ta`minlaydi. 
SHaharda boshqa ish joylari kam bo`lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor 
vaziyatiga yaqin bo`ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi 
yagona korxona bo`lgani uchun ham u ish haqiga ta`sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan 
ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o`rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini 
muvozanat darajasidan pastga tushiradi (92-rasm). 
12-rasm. Monopsonist mehnat bozori.
10
 
Minimal ish haqi. 
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o`rnatiladi. Ko`p 
hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o`rnatiladi.
Bunday holda umumiy o`rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni 
qisqaradi. Minimal ish haqini o`rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko`pincha 
talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bog`liqligini ko`rib chiqaylik. 
Minimal ish haqi ko`proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta`sir 
ko`rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo`ladi, shu sababli 
9
Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-68 
Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-303
10
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-158 b.
Ish haqi 
stavkasi,so`m
S
L
=AC
MRC
L
C
M
E
W
e
D
L
=MRP
L
W
N
Mehnat 
miqdori 
L
e
L
c
N


ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan 
band bo`lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta`minlaydi. Minimal ish haqi oshganda
mehnatga haq to`lashning barcha stavkalari qaytadan ko`rib chiqiladi va oshiriladi. 
Quyidagi 93-rasmda minimal ish haqining aholi bandligiga ta`siri ko`rsatilgan. 
93-rasm. Minimal ish haqi va bandlik.
11

Yüklə 442,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin