16-mavzu. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 442,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix19.12.2023
ölçüsü442,77 Kb.
#186983
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
5-МАВЗУ

Nominal va real daromadlar
.Nominal daromad-bu soliq va narxlarning o`zgarishiga 
bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad-bu narxlarni va boshqa to`lovlarning 
o`zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq 
va boshqa to`lovlarni ayirib, uni narxlar o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi. 
Ish haqi
-ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to`lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham 
ish haqining bir turi bo`lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan 
ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik). 
Iqtisodiy renta
-cheklangan resursdan foydalangani uchun to`lanadigan narx. 
Kapitalga daromad
-bu 
foiz
deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo`ladi. Agar 
kapital pul shaklida bo`lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo`yicha daromad oladi. Agar kapital 
buyumlashgan shaklda bo`lsa, u kapitalga ko`ra umumiy daromaddan ulush oladi. 
Real foiz stavkasi
nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyatsiya darajasini 
ayrilganiga teng. 
Tadbirkorlik daromadi
-bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun 
tadbirkor oladigan daromad. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, ya`ni yashirin 
iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo`ladi. 
Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi-pora olish (korruptsiya), giyohvand 
moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi-
patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq 
xizmatidan yashirilgan daromad. 
Davlat o`zining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini turmush darajasini ifodalovchi 
agregat ko`rsatkichlardan foydalanadi. Ana shunday ko`rsatkichlardan biri-yalpi ichki mahsulotdir 
(YaIM). 
YaIMni aholi jon boshiga hisoblagandagi ko`rsatkich aholini turmush darajasini ifodalovchi 
ko`rsatkich bo`lib, u har bir aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida) 
mahsulotning qancha qismi to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi 
daromadining differentsiallashganligini (har xil bo`lishini) ifodalamaydi. 
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo`jaligidagi ishlovchilar, 
xizmatchilar, tadbirkorlar, o`qituvchilar, meditsina xizmati xodimlari va hokazolar) iborat 
bo`lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo`ladi. Aholi 
daromadining taqsimlanish dinamikasi iste`mol byudjeti orqali o`rganiladi. Iste`mol byudjeti ham 
turli xil bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori 
umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga, 
oila a`zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi. 
Umumiy 
daromad 
Ishlab chiqarish 
omillari xarajati 
Iqtisodiy
foyda

Yüklə 442,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin