99-rasm. Lorents egri chizig`i.
16
Odatda aholini besh qismga bo`ladi, ya`ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir
qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o`qiga eng kam daromadga ega
bo`lgan qismidan boshlab to eng ko`p daromad oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda
joylashtiriladi.
Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo`lsa, ya`ni daromad tekis
taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz
daromad to`g`ri keladi va hokazo.
Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF
chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi.
Lorents egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta`minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri kelsa, eng boy
aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi.
SHuning uchun ham Lorents egri chizig`i daromadlarni
absolyut tekis va notekis
taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar o`rtasida joylashgan.
Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i shuncha E nuqtaga
tomon botiq bo`ladi.
Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F
chizig`iga shuncha yaqinlashadi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsientini
deb belgilasak, u
0ABCDF yuzani (99-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak
yuzasiga nisbati bilan
aniqlanadi:
.
Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi
tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar,
barcha
transfert to`lovlari (qaytarib olinmaydigan pul to`lovlari).
16
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-178 b.
Дж
Дж
S
S
ABCDF
FE
0
0
Lekin, bu erda aholini o`z tomorqasidan oladigan daromadi,
uyidagi chorva mollaridan
tushadigan daromad, davlat tomonidan ta`limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablag`lar,
xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan
amalga oshiriladi. Progressiv, ya`ni o`sib boruvchi soliq tizimiga ko`ra, aholining boy qismidan
yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi.
Soliq to`lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya
qilishga sarflanadi.
Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug`urtalash va kam ta`minlangan aholiga
moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sug`urtalash dasturiga ko`ra nafaqaxo`rlar, aholining ishga yaroqsiz bo`lgan qismi,
boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo`yicha ko`p
bolali oilalarga yordam
beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i
to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya`ni Lorents egri chizig`i
holatdan
holatga siljiydi (100-rasm).
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o`zini samarasini beradi. Nima uchun
deganda, kam ta`minlangan aholi o`qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladi va ular kelajakda
jamiyat taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shadilar.
100-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida Lorents egri chizig`ining siljishi.
17
Dostları ilə paylaş: