17-Amaliy Syujet (frans, predmet, «asosga qo'yügan narsa») badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy


Hasanali bilan birga oshiq bekning uyqusida alahlashlariga guvoh bo‘lgan, qutidorning qiziga unashtirilganini eshitganda «qaysi qiziga» deya bezovtalanganini ko'rgan



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#35869
1   2   3   4   5   6   7   8
Taqdimot (30)(1)

Hasanali bilan birga oshiq bekning uyqusida alahlashlariga guvoh bo‘lgan, qutidorning qiziga unashtirilganini eshitganda «qaysi qiziga» deya bezovtalanganini ko'rgan

o'quvchi buning sababini, sababchisini bilishga intiladi,

asarni yanada sinchiklab 0‘qiydi, unga butun vujudi bilan

boglanib qoladi.

Rivoyadagi «sirlilik» o'quvchi Kumushning xatti-harakatlarini, uning o‘ychanligi-yu ariq suvi bilan

Rivoyadagi «sirlilik» o'quvchi Kumushning xatti-harakatlarini, uning o‘ychanligi-yu ariq suvi bilan

sirlashishlarini, qizlar majlisidagi bo‘zlashlarini kuzatganda

yana bir baxya ortadi. Nihoyat, Kumushning «Siz o‘shami?» degan hayrat to‘la so'zlarini eshitgach o'quvchi dilidagi taxmini to‘g‘ri chiqqaniga amin boladi, qoniqish hosii

qilib turgan payti adib ham o‘sha tasodifiy uchrashuvdan

so‘z ochadi. Ko‘ramizki, yozuvchi voqealarning syujetdagi

tartibini o'zgartirish bilan o‘quvchining ijodiy faolligini oshiradi, uni qahramonlar ruhiyatiga yaqinlashtiradi, Ko'rib o‘ti!gan misoldan ayori boladiki, fabula voqealarning íabiiy oqimi bolsa, syujet ularning muayyan maqsadga muvofiq qayta tartiblangan, ya’ni badiiy qayta ishiangan shaklidir. Mazkur holni istiiohda aniq ifodalash uchun

ayrim manbalarda «syujet kompozitsiyasi» atamasining

qo'llangani bejiz emas.1 Ya’rii bunda ham voqealarning

hayotda yuz berish tartibi bilan ularning asarda joylashtirish tartibi farqlangani holda, «fabula» atamasidan voz

kechiladi. Muhimi, «syujet kompozitsiyasi» atamasi syujetni tor, ya’ni fabulaga zid o'laroq, asarda voqealarning

joylashtirilish tartibi debgina tushunishdan saqlaydi.

Adabiy asar syujeti personajlarning «harakat»laridan

Adabiy asar syujeti personajlarning «harakat»laridan

tarkib topadi. Ma’lumki, «harakat» so‘zi keng ma’noda vaqt

birligi davomida kechuvchi har qanday jarayonni anglatadi. So'zning biz ishlaíayotgan maxsus ma’nosi ham mohiyatan shunga yaqin: «harakat» istilohi ostida personajlarning makon va zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham,

ruhiyaíidagi o‘y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji ham tushuniladi. Demak, «harakabning o‘zi ikki turli ekan. Shundan

kelib chiqib ushbu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik

qilishiga qarab syujetning ikki turi ajratiladi:

a) «tashqi harakat» dinamikasiga asoslangan syujetlar;

b) «ichki harakat» dinamikasiga asoslangan syujetlar.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin