sekundiga о‘zgaradi. Harakat gorizontal va vertikal sodir bо‘ladi, Dunyo okeanning turli xil qismlar
orasida suv massalarning 1000 yil davomida bir marta tо‘liq almashinishni ta’minlanadi.
Agarda о‘rtacha tezligi taxminan 1 m/s bо‘lgan
oqimni etalon sifatida olinsak, u holda ochiq
okeanda va qirg‘oqlarga yaqin mintaqalarda okean gidroelektrostansiyalarni (OGES) qurish uchun
yetarli darajada kо‘p joylarni topish mumukin.
18.13-rasm. Dunyo okeandagi
dengiz oqimlarning xaritasi
Okeandagi yirik oqimlar quvvatidan foydalanib amalda yetarli darajada mintaqaviy yirik energetik
obektlarni yaratish mumkin. Masalan, Golfstrim oqimning (Atlantik okean) umumiy quvvat 15 GVt
bilan baholanadi, Kurosio oqim (Tinch okean) esa – 50 GVt. Mahalliy energetik muammolarni yechish
uchun mos bо‘lgan oqimlar ham yetarli darajada mavjud, ularning tezligi taxminan 5...8 m/s bо‘ladi,
yirik okean oqimlarga qaragada ular ancha yuqori energiya zichligiga ega. Bundan tashqiri, bо‘g‘ozlarda
energetika extiyojlari uchun
faqat sirtki oqimalardan emas, balki chuqurlikdagi oqimlardan ham
foydalanish mumkin. Ular kо‘p hollarda sirtki oqimlarga nisbatan qarama-qarshi yо‘nalishga ega bо‘lib,
yetarli darajada mos bо‘lgan tezliklarga ega.
Amalda barcha oqimlar muayyan о‘zgarishlarga uchraydi. Mavsumiy va yildan-yilga tezlik,
yо‘lanish, suvning fizikaviy kо‘rsatkichlar о‘zgaradi. Oqimlarning turg‘unligi kelajakdagi OGESlarning
barqaror ishlashini belgilaydi. Turg‘unligi taxminan 50%-dan katta bо‘lgan oqimlar muhim axamiyatiga
ega.
Okean va dengizlarda tо‘plangan dengiz oqimlarning tuganmas kinetik energiyani suvga botirilgan
(xuddi atmosferaga “botirilgan” shamol tegirmonlarga о‘xshab) turbinalar yordamida mexanik va elektr
energiyaga aylantirish mumkin.
Hozirgi vaqtda kо‘p mamlakatlarda qirg‘oq bо‘yidagi mintaqalarda OGESlardan foydalaniladi.