Agarda
c
p
= 4,19 kDj/(kg K) deb qabul qilsak, u holda okeanda saqlanadigan energiya miqdori
W=15×10
23
J tashkil etadi.
Okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish g‘oyasini birinchi bо‘lib 1881 yilda fransuz fizigi J.
d'Arsonval tomonidan taklif etilgan edi. О‘tgan asrning 20-chi yillarda J. Klod Kubadagi Matansas
qо‘ltig‘ida kо‘rgazmali qurilmasini qurgan edi. 70-chi yillarning boshida energetik tanqisligi
munosabati bilan okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish loyihalari bо‘yicha ishlar amalga oshirila
boshlandi. Okeanning issiqlik energiyasidan foydalanish loyihalari, ya’ni okeanning issiqlik
energiyasini mexanik energiyaga, sо‘ngra esa elektr energiyaga о‘zgartirish jarayonlari
OTES (ocean
termal energy conversion) degan atama bilan nomlangan.
Okeanning issiqlik energiyasini о‘zgartirish jarayoni chuqurlikdan olinadigan sovuq suv
T
s
temperaturasi va sirtdan olinadigan issiq suv
T
i
temperaturalarini farqi hisobidan ishlaydigan
OTES
issiqlik mashinalarida amalga oshiriladi (18.16-rasm).
18.16-Rasm: Okeanning issiqlik energiyani о‘zgartirish prinsipial sxemasi:
1-bug‘lantirgich; 2-turbina; 3-generator; 4-nasos; 5-kondensator;
6-issiq suv (okeanning sirtida); 7-sovuq suv (okeanning chuqurlikda)
Okean sirtidagi
T
i
temperaturali issiq suv 6 bug‘lantirgich 1-da past bug‘lanish temperaturaga ega
bо‘lgan (ammiak, freonlar, past bosimdagi suv) issiqlik tashuvchini bug‘lantiradi va soviydi. Hosil
bо‘lgan bug‘ turbina 2-ga о‘tib ish bajaradi. Okean chuqurligidan olinadigan
T
Dostları ilə paylaş: