Agar suyuq ekstrakt 20% gacha bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa tekshirish uchun 75
ml, agar 20% dan 50% gacha bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa 50 ml, agar 50% va undan
yuqori bo„lgan spirtda tayyorlangan bo„lsa 25 ml suyuq ekstrakt xaydash usuli bo„yicha spirt
Hajmi 200-250 ml bo„lgan yassi shaklli kolbaga aniq o„lchab olingan miqdordagi frangula
suyuq ekstrakti solinib (25 ml), 75 ml bo„lgunga qadar tozalangan suv solinadi.
Idishdagi ekstraktni bir me‟yorda qaynashini ta‟minlash maqsadida unga chinni yoki
shisha bo„laklari solinadi. Agar ekstrakt qaynaganda ko„piradigan bo„lsa, unga 2-3 ml fosfor
yoki sulfat kislota, 2-3 g kalsiy xlorid, parafin yoki mum qo„shiladi. Ekstrakt solingan idishning
og„zi maxkam yopilib, shisha naylar yordamida sovutgich va xaydalgan spirt yig„iladigan idish
bilan ulanadi. Xaydalgan spirt yig„iladigan idish sifatida 50 ml li o„lchov kolbasidan
foydalaniladi va u o„z navbatida sovuq suv solingan idishga botirib qo„yiladi. So„ngra preparat
solingan idish toshpaxtali to„r ustiga qo„yib qizdiriladi. Bunda preparatdagi spirt va suv bug„i
sovutgichga o„tib, suyuqlikka aylanadi va o„lchov kolbasida 48 ml bo„lguncha yig„iladi.
Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak bo„lsa 200S ga etkaziladi va 50 ml
ga etguncha suv qo„shiladi. Keyin xaydab olingan suyuqlikning zichligi piknometr yordamida
aniqlaniladi.
Buning uchun toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, belgisigacha
tozalangan suv quyiladi. Qopqog„i berkitilib, 20 daqiqa 200S li termostatda saqlanadi. So„ng
piknometr termostatdan olinib, analitik tarozida 10 daqiqa qoldiriladi va 0,0002 g aniqlikda
tortiladi. Keyin piknometrdagi suv to„kib tashlanadi va spirt-efir aralashmasi bilan chayiladi.
Piknometrdagi efir qoldig„i havo puflash bilan yo„qotiladi. Quritilgan piknometr tekshirilayotgan
suyuqlik bilan belgisigacha to„ldiriladi va suv bilan bajarilgan jarayon takrorlanadi. Zichlik
(
20) quyidagi tenglama yordamida xisoblanadi:
Bu erda
m - bo„sh
piknometrning massasi, g.
m1 - suv solingan piknometrning massasi, g.
m2 - piknometrni suyuqlik bilan massasi, g.
0,0012 - 760 mm simob ustuniga teng bo„lgan bosimda, 20oS haroratdagi havoning
zichligi.
0,99703 - 200S haroratdagi xavo zichligi xisobga olingan suvning zichligi.
Topilgan natija orqali XI DF ning birinchi alkogolometrik jadvali yordamida spirtning
hajmiy foizi topiladi.
So„ng quyidagi tenglama yordamida preparatdagi spirt miqdori topiladi:
bu erda x - preparatdagi
spirtning hajmiy foiz miqdori,
50- xaydab olingan suyuqlik miqdori, ml.
a - distillyatdagi spirtning xajmiy foiz miqdori.
v - tekshirish uchun
olingan suyuq ekstrakt miqdori, ml
Dostları ilə paylaş: