Amirlik poytaxti bosib olingandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi ixtiyoriga o’tdi. Muvaqqat Inqilobiy qo’mita darhol Turkkomissiya rahbariga ilgaridan tayyorlab qo’yilgan Manifestni e’lon qildi. Unda Buxoro davlati «Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi» deb ko’rsatilgan edi. 1920-yil 11-sentabrda in-qilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko’pchilik a’zolari Fxo’jayev boshchiligidagi Buxoro kommunistik partiyasi tarkibiga kirishdi. 1920-yil 14-sentabrda Buxoro kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasi Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo’mitasi va Xalq Nozirlar Kengashining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo’mitasi oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo’jaev raisligidagi respublika.
Hukumati – Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi. 1920-yil 6-oktabrda amirning yozgi saroyi – Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Bu- xoroni Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921-yil 4-martda Moskvada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan RSFSR oʻrtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Sovet Respublikasi kabi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining ham RSFSRga harbiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan. Qaram bo‘Iganligini qonun yoTi bilan mustahkamladi.
2 ). O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralaiiishning O‘tkazilishi. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi
1924-yil 15-sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya qo’mitasi- ning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Islomov ma’ruza qildi. Umuman bu ma’ruzada av- valgi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g’oyalar va qoidalarni yaq- qol takrorlashdan iborat bo’ldi. Ma’ruzada milliy-hududiy chegara- lanishni «millatlarni o’z taqdirini o’zi belgilash prinsipi’ni to’liq amalga oshirish, yangi «milliy davlat tuzilmalari»ni tashkil etish kerakligiga urg’u berildi. Shu bilan birga Islomov ma’ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish «xalqning xohish-irodasini bildirish akti», degan tezis birinchi bor ochiq aytildi: «Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to’g’risida o’z xohish-irodasini bildirdilar. Ular ham barchi qirg’iz- lar, o’zbeklar va turkmanlarni yagona davlatga birlashtirish yo’li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoq- dalar». Bu 1924-yil 16-sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya qoʻmi- tasi sessiyasida chegaralanish to’g’risida qabul qilingan qarorda o’z ifodasini topdi.