1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə7/15
tarix02.06.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#123723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif

Buxoro amirligidagi voqealar ham aynan shunga o’xshash asosda xotima topdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqilgan rejaga asosan 1920-yil 23-avgustda kommunist Beshim Sardor qo’mon- donligidagi turkmanlar polki Sakamni egalladi, keyin qizil armiya qismlarining qo’llab-quvvatlashi bilan 29-avgust erta tongda Eski Chorjo’yni bosib oldi. Shundan so’ng Beshim Sardor boshchiligida inqilobiy qo’mita tashkil qilindi. Chorjo’y inqilobiy qo’mitasi oldindan kelishilgandek, o’sha kuniyoq sovet hukumatiga yordam so’rab murojaat qildi. O’sha kuniyoq ilgaridan tayyorlab qo’yilgan sovet qo’shinlariga tegishli ko’rsatmalar yuborildi. «qo’zg’olon ko’targan Buxoro xalqiga yordam ko’rsatishga kirishish to’g’risida Turkfront bo’yicha buyruq berildi.

Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo’shinlari 1920-yil 28-avgustdan 29-avgustga o’tar kechasi buxorolik «inqilo- biy tuzilmalar» ishtirokida amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob. Shahrisabzni bosib olib, amirlik poytax- tiga yaqinlashib qoldilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qo’shin- larining qat’iy qarshiligiga duch keldilar. Turkfront qo’mondonligi buyrug’i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi. To’plar va bronepoezdlardan turib qattiq o’qqa tutildi. Amirlik poy- taxti ostidagi janglar 4 kecha-kunduz davom etib, 1920-yilning 2- sentabrida amirlikning so’nggi tayanchi-Ark mag’lub bo’ldi.

Amirlik poytaxti bosib olingandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi ixtiyoriga o’tdi. Muvaqqat Inqilobiy qo’mita darhol Turkkomissiya rahbariga ilgaridan tayyorlab qo’yilgan Manifestni e’lon qildi. Unda Buxoro davlati «Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi» deb ko’rsatilgan edi. 1920-yil 11-sentabrda in-qilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko’pchilik a’zolari Fxo’jayev boshchiligidagi Buxoro kommunistik partiyasi tarkibiga kirishdi. 1920-yil 14-sentabrda Buxoro kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasi Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo’mitasi va Xalq Nozirlar Kengashining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo’mitasi oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo’jaev raisligidagi respublika.


Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin