1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif


S’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ – Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya qo’mitasi (TurkMIQ)ni 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18 ki- shi



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə3/15
tarix02.06.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#123723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif

S’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ – Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya qo’mitasi (TurkMIQ)ni 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18 ki- shi esyerlardan edi.

S’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ – Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya qo’mitasi (TurkMIQ)ni 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18 ki- shi esyerlardan edi.

S’ezdda F.I.Kolesov boshchiligidagi 14 kishidan iborat Xalq

Komissarlari kengashi ham (7 kishi bolshevikdan va 7 kishi so’l es-Yerlardan) saylandi.

Shu tariqa, Moskvaning ko’rsatmasi bilan Turkistonni Sovet Avtonom respublikasi deb e’lon qilgan sovetlarning V o’lka s’ezdiga qadar boʻlganidek, ko’p millionli mahalliy aholi vakillaridan oʻlkani boshqarishda ishtirok etishi arzimas darajada qolaverdi.

1917-yilning boshlarida O’rta Osiyo xonliklari Rossiya protek- torati ostida edi. O’sha yili sodir bo’lgan fevral inqilobi natijasida podsho samoderjaviesi ag’darilib, Buxoro va Xivada esa amirlik va xonlik tuzumi saqlanib qoldi. Rossiyaga vassal bo’lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ko’rinishidan mustaqil davlatlar bo’lsa-da, ular aslida o’z mustaqilligini yo’qotgan va amalda Rossiya imperiya- sining mustamlakasiga aylangan edilar.

Xiva xonligida ham ahvol murakkab boʻldi. Asfandiyorxon o’z hokimiyatining mamlakatda keskin tus olgan siyosiy vaziyatga qar- shi kurash olib borish uchun zaifligini his qilib, 1918-yil 22-yanvar- da Junaidxonga xonlikni birgalikada boshqarish va bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Junaidxon 1917-yil sentabrda Erondan Xivaga qaytib keldi. Asfandiyorxon poytaxtga yetib kelgan Junaidxonni qo’shinlar qo’mondoni qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni to’laligicha unga topshirdi. Biroq Asfandiyorxon taxt tepasida ko’p o’tirmadi. Oradan ko’p o’tmay u o’zining bir necha yaqin kishilari bilan birga Junaidxonning ko’rsatmasiga muvofiq oʻldirildi. Junaidxon taxtni egallamadi, aksincha, an’anaga sodiq qolgan holda, taxtga (marhum xonning akasi) Said Abdulloxonni o’tqazdi, o’zi esa haqiqatda mamlakatning hukmdori bo’lib qolaverdi.


Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin