Lekin 1918-yil 18-fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish yuz berdi. Mustafo Cho’qay o’g’li boshchi- ligidagi hukumat mahkamasi ag’dariladi va hukumat Qo’qon shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi. 18-fevraldan 19-fevral- ga o’tar kechasi Toshkentdan o’lka harbiy komissari E.Perfilev boshchiligidagi zambaraklar bilan qurollangan qoʻshin yetib keldi. Ammo shunga qaramay, muxtoriyatchilar taslim bo’lmadilar har bir binoni, har bir do’konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar. Muxtoriyatchilar shaharni qizil gvardi-ya-chilar, avstro- venger harbiy asirlari va arman birlashinalari (dashnoqlar)dan tashkil topgan sovet qo’shinlari hujumidan uch kun himoya qildilar. Ammo tinch yo’l bilan hokimiyatni olishga ishongan Turkiston Muxtoriyati o’zini himoya qilishga qodir emas edi. Chunki ular yaxshi qurollanmagan bo’lib, ularning quroli asosan tayoq bolta, ketmon oshpichoqdan iborat edi. Shu tariqa Turkiston Muxtoriyati tugatildi.

1918-yil 20-aprelda Toshkentda sovetlarning V oʻlka s’ezdi ish boshladi. 1918-yil 30-aprelda s’ezd «Turkiston Sovet Federativ Res- publikasi to’g’risida Nizom» ni qabul qildi. Bu nizomga ko’ra Tur- kiston o’lkasining hududi «Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkis- ton Sovet Respublikasi» deb e’lon qilinadi. Uning tarkibiga Turkis- tonning barcha hududi o’zining geografik chegarasi bilan kiritildi. Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston respublikasi muxtoriyat tarzida boshqarilib o’zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e’tirof qilar edi. Rossiya bilan oʻzaro munosabatlarini belgilash uchun s’ezd 5 kishidan iborat komissiyani sayladi.