1–Mavzu: Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 245,19 Kb.
səhifə31/41
tarix02.01.2022
ölçüsü245,19 Kb.
#41102
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

Nаzоrаt sаvоllаri:

  1. Jаmоаtchilik nаzоrаtining mаqsаdlаri nimаlаrdаn ibоrаt?

  2. Jаmоаtchilik nаzоrаtining sub’еkti kimlаr bo’lishi mumkin?

  3. Jаmоаtchilik nаzоrаtining qаndаy shаkllаrini bilаsiz?

  4. Ichki ishlаr оrgаnlаri yoki prоkurаturаning qоnunlаr

bаjаrilishini nаzоrаt qilishi jаmоаtchilik nаzоrаti bo’lishi

mumkinmi?



  1. Jаmоаtchilik nаzоrаtining zаmоnаviy shаkllаrini ko’rsаting


Tаyanch so’zlаr: jаmоаtchilik, jаmоаtchilik nаzоrаti, fuqаrоlik nаzоrаti, sаnktsiyalаr, Ijtimоiy shеriklik

10-mavzu. Demokratik jamiyat qurilishida kuchli ijtimoiy

himoya va adolat tamoyillari.

R e j a :

  1. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida kuchli ijtimoiy himoya va ijtimoiy adolat tamoyillari tushunchasi. Uning mazmuni va mohiyati.

  2. Birinchi Prezident Islom Karimovning mamlakatimizda huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish to‘g‘risidagi konsepsiyasi.

  3. Demokratik jamiyatda oila institutining o‘ziga xosligi.

1. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash bu mustaqillik yillarida islohot-larimizga asos qilib olingan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»da belgilangan besh tamoyildan biridir. Aholini ijtimoiy himoya qilish, jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptirish muammolari, uning maqsad va mohiyati, uning ustuvor yo‘nalishlari Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan belgilab berildi. Ushbu muammolar uning «O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbe-kiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini yanada chuqurlashtirish», «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat» kabi asarlarida asoslab berildi.

I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida kuchli ijtimoiy siyosat va aholining ijti moiy faoliyatini oshirish taraqqiyotimiz kafolati ekanligini ta’kidlaydi. «Milliy davlatchilikni amalga oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish xamda bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor berish zarur», - deb ko‘rsatgandi I. A. Karimov. Bir jamiyatdan ikkinchi bir yangi jamiyatga o‘tishda ijtimoiy barqarorlik juda katta ahamiyatga ega. Chunki o‘tish davrida ijtimoiy muammolar, ziddiyatlar mamlakat xavfsizligiga, barqaror likka tahdid soluvchi omilga aylanmasligi kerak.

1.Ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf qilish, taraqqiyotning izchil, tadrijiy yo‘l bilan borishi portlashlar, fuqarolar urushi va inqilobiy yo‘ldan borishga yo‘l qo‘y maydi. Bu masala muammolar va ziddiyatlarning qay darajada hal qilinishiga bog‘liq. Taraqqiyotning hamma bosqichlarida odamlarning kayfiyatlarini, ijtimoiy muammolari ni hal qilish asosida barqarorlik ta’minlanib boriladi.

2. Odamlar islohotlar jarayonida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarib yashashi, islohotlar mezonini va vazifasini anglab etishi, uning amaliy faoliyatlariga qanchalik mos kelishi katta ahamiyatga ega. O‘tish davridagi asosiy maqsadimiz-erkin demokratik jamiyat qurish, bozor iqtisodiyotini ro‘yobga chiqarish iqtisodiy qiyinchiliklarsiz yuz bermaydi. Mana shunday sharoitda aholining ijtimoiy himoyalanmagan tabaqalarini davlat tomonidan himoya qilish juda katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega. Bunda ijtimoiy adolatni izchillik bilan amalga oshirish talab qilinadi. Chunki uni buzish jiddiy ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.

3. Islohotlarning dastlabki bosqichi juda murakkab, «ijtimoiy portlash xavfi bo‘lgan bosqich» edi. Bu bir tomondan eski kuchlarning borligi bo‘lsa, ikkinchidan bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tish yangi ijtimoiy muammolar va kamchiliklarni vujudga keltirish bilan bog‘liq. Bozor munosabatiga o‘tishda to‘g‘ri siyosat yurgiza bilmaslik aholining ma’lum qatlami qashshoqlashishiga, ishsizlarning ko‘payishiga olib kelishini bilamiz. Mana shunday sharoitda aholini kuchli ijtimoiy ximoya qilish ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi omil hisoblanadi. Ana shunday hollarga e’tibor bermaslik ijtimoiy beqarorlikni vujudga keltiruvchi muhit bo‘lib xizmat qiladi.

4. O‘tish davri ko‘p kishilarda qaror topgan turmush tarzini, fikrlash usulini, «ijtimoiy fe’l-atvor, boqimandalik kayfiyatining o‘zgarishidan iborat. O‘tish davrida odamlarning tafakkur yuritish psixologiyasi o‘zgaradi» ki, bu ham oson ish emas.

Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini «o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasi dir», - deb yozadi I.A.Karimov. Bularning barchasi taraqqiyotimizni belgilovchi omillar bo‘lib, ularga asoslanish tufayli «ildam qadam tashlash imkoni tug‘iladi». «Har qanday mamlakatda turli ko‘rinishdagi tengsizliklar ko‘paysa, yoki ularning o‘sishiga imkon paydo bo‘lsa, ular ijtimoiy barqarorlik uchun xavf tug‘diradi. Ijtimoiy munosabatlarning keskinligi kishilarning kambag‘alligi yoki boyligida emas, balki ushbu ijtimoiy tabaqalar o‘rtasida haddan tashqari katta farq paydo bo‘lishidadir. Bu esa beixtiyor ularning qarama-qarshiligiga olib keladi». Shuning uchun o‘tish davrida demokratik davlatning eng asosiy vazifasi ana shu ziddiyatlarning oldini olishdan, qiyinchiliklarni yumshatishdan, odamlarni yangi turmush tarziga moslashtirishdan iborat, deydi I.A.Karimov. Shuning uchun ham kuchli ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. «Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarining ijtimoiy muhofazasini ta’minlagan holda, O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik». Darhaqiqat, bozor munosabatlariga o‘tish davrida mamlakati mizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda.

«Adolat» tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to‘g‘risidagi ta’limotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy ham yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g‘oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tatbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg‘unlashtirish esa adolat tuyg‘usini shakllantirishini ta’kidlagan edi. Sharq mutafakkiri Konfutsiyning g‘oyalarini davom etirgan holda Forobiy «adolat» tushunchasi insoniyatning ma’rifiy davriga to‘g‘ri kelganligini ta’kidlaydi. Bu davrda xususiy mulk o‘rnatiladi va u kishilarning o‘zaro tengsizligini keltirib chiqaradi. Shunisi muhimki, teng taqsimlashni ifodalagan adolat tushunchasi endi mulk ta’sirida tengsizlikni ifoda eta boshlaydi. Bu tushunchaning o‘zi xususiy mulkni o‘rnatishda ishtirok etadi. Ijtimoiy hayotda adolatparvarlikni qat’iy turib himoya qilgan ta’limotlardan biri tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf namoyondalari boshqa Sharq mutafakkirlari singari o‘z umidlarini ma’rifatli va odil shohga bog‘laydilar, u orqali barcha ijtimoiy illatlarni bartaraf etish mumkin, deb hisoblaydilar.

Tasavvuf namoyondalari hokim va xalq, shoh va saltanat munosabatlarida donolik bilan adolatli ish tutish, davlatni, adolatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq tomonidan qo‘llanishi kabi ijtimoiy muammolarni ko‘taradilarki, bu xalqparvar tuzum ideallarini ulug‘lashtirdi. Tasavvufning ko‘pgina namoyondalari shohlar, hokimlar, amaldorlardan adolatni kutib o‘tirmay, o‘z amaliy faoliyatlarida unga amal qilish bilan o‘rnak bo‘lganlar. Hasan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abdulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo‘ja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam Kosoniy ko‘pincha shoh va hokimlar adolatsizliklariga qarshi chiqib, mazlumlarni dadil himoya qilganlar, haqiqat uchun kurashganlar.

Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatli demokratik davlat qurishga intilayapmiz». Adolatga intilish-xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak.

Darhaqiqat, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishda adolat omili muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda adolat tushunchasi, uning erkinlik, demokratiya va barqaror taraqqiyot g‘oyalari bilan mushtarak jihatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda.

Mustaqillik davrida odamlarimiz ongida ijtimoiy adolatning yangicha tushunchasi shakllanishi mamlakatimiz kelajagi va islohotlar muvaffaqiyati garoviga aylanmoqda. Adolatli jamiyat qurish haqidagi umuminsoniy orzular va qarashlarni yangi jamiyat barpo etish manfaatlariga bo‘ysundirish muhim amaliy masala bo‘lib turibdi. Biz barpo etayotgan jamiyat insonparvar bo‘lmog‘i zarur. Bunda demokratik modellarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olmasdan, balki ilg‘or demokratik jamiyatlar tajribasini tanqidiy o‘rganish asosida fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga xizmat qildirish talab etiladi.

Aholining yordamga eng muhtoj qatlami-bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq mo‘ljalli tarzda amalga oshirish zarur. Shu bois, islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordam aniq oilalarga etib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo‘lishi va haqiqatdan ham bunday yordamsiz kun kechirolmaydiganlarga borib tegishi lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Hozirgi paytda aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga davlat tomonidan shunchaki moddiy yordam ko‘rsatishgina emas, balki jamiyat a’zolarining aksariyat qismining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish, ro‘yobga chiqarishda avvalo, ularning o‘z tashabbusi, intilishi va mas’uliyatini kuchaytirish asosidagi ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish vaqti etdi. Aynan shu ma’noda ijtimoiy sohada amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Har qanday demokratik jamiyat ma’lum ma’noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sifatida qabul qiladi. Ijtimoiy asoslari bo‘lmagan jamiyat o‘z taraqqiyotida sobit bo‘la olmaydi. Shu ma’noda, demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari muhimdir.

Aholining yordamga eng muhtoj qatlami-bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash ishlarini aniq mo‘ljalli tarzda amalga oshirish zarur. Shu bois, islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashning ta’sirchan mexanizmini shakllantirish davom ettirilmoqda. Muayyan moddiy yordamning aniq oilalarga etib borishi, jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlariga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan yordam bo‘lishi va haqiqatan ham bunday yordamsiz kun kechira olmaydiganlarga borib tegishi lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Hozirgi paytda aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga davlat tomonidan shunchaki moddiy yordam ko‘rsatishgina emas, balki jamiyat a’zolarining aksariyat qismining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish, ro‘yobga chiqarishda avvalo, ularning o‘z tashabbusi, intilishi va mas’uliyatini kuchaytirish asosidagi ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish vaqti etdi. Aynan shu ma’noda ijtimoiy sohada amal qilib kelayotgan ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Har qanday demokratik jamiyat ma’lum ma’noda ijtimoiy asoslarni birlamchi manba sifatida qabul qiladi. Ijtimoiy asoslari bo‘lmagan jamiyat o‘z taraqqiyotida sobit bo‘la olmaydi. Shu ma’noda, demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari muhimdir.

2. Demokratik jamiyatga o‘tish davrida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijtimoiy himoya tizimini va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish, uni jamiyat hayotida barqaror qilish maqsadlarini ham nazarda tutadi.

Bozor munosabatlari mustahkam ildiz otgan jamiyatlarda adolat qoidalarining amal qilish tajribasini ham ijodiy-tanqidiy tahlil etish foydadan xoli emas. Zero, adolatni ta’minlash demokratiya mezonlari bilan birga bozor munosabatlarini ham taqozo etadi. Bu qoidalar jamiyatninig barcha a’zolari uchun umumiyligi va bir xilda tadbiq qilinishi xususiyatiga ega bo‘lishi zarur.

Bozor munosabatlari shakllanishida, fikrimizcha, adolatning tajribada sinalgan va sinalayotgan qoidalariga e’tibor qaratamiz.



Xizmat ko‘rsatish qoidasi. Bu qoida har qanday davrda ham ustuvor bo‘lmasada, zamonaviy jamiyatda uning ahamiyati so‘zsizdir. Bunda shaxs iste’dodi, qobiyatlilari va intilishlari hayotiy zarur ne’matlarga qonuniy tarzda ega bo‘lish me’yorlari sifatida maydonga chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarda adolat shaxsning ijtimoiy samarali intilishi uchun mukofot, unumli mehnatga majbur etish vositasi deb qaraladi.

Hamma uchun teppa-teng ravishda sharoit yaratib bo‘lmaydi. Gap imkoni boricha ko‘pchilik uchun start imkoniyatlarini» yaratish haqida borar ekan, o‘zini demokratik deb hisoblovchi jamiyat har bir individning iqtidori, intilishi, qobiliyatlariga, hayotiy ne’matlarga ega bo‘lish me’yori sifatida katta qiziqish bilan qaraydi.



Mutanosiblik qoidasi. Mutanosiblik o‘zaro moslikni ifodalaydi. Individ hissasi va ulushining o‘zaro mosligi qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyatdagi barcha individlarning faoliyatidan kelib chiqadigan holat ham shuncha mustahkam bo‘ladi va aksincha. Individlar turli qobiliyatlarga ega bo‘lganliklari uchun ham ijtimoiy ne’matlarni yaratishga bir xil bo‘lmagan hissa qo‘shadilar. Iqtidorli shaxsning jamiyat rivojiga qo‘shadigan hissasi iqtidor sizga nisbatan ulkan bo‘ladi, mehnatsevar odam dangasaga nisbatan jamoaga ko‘proq foyda beradi.

Shuning uchun ijtimoiy adolat yo‘lida mehnat jamoasi, jamiyat o‘z a’zolariga o‘zaro teng bo‘lmagan ulush berishga xaqlidirlar.



Ekvivalent qoidasi. Bu qoida u yoki bu hatti-harakatga, uning oqibatiga nisbatan teng qiymatdagi aks ta’sir ko‘lamini anglatadi. Masalan, mehnatga yarasha haq to’lash, u yoki bu jinoyatga munosib jazo va h.k.

Ijtimoiy kafolot qoidasi. Ijtimoiy kafolot tizimining mavjudligi u yoki bu jamiyatda ijtimoiy adolat mavjudligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, kafolatli daromadga ega bo‘lmagan, ertangi kuniga ishonmaydigan kishilardan iborat jamiyatda adolat o’rnatish juda mushkul.

Teng imkoniyatlar qoidasi. Fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi zamonaviy jamiyat uchun tabiiydir, zero qonuniy teng imkoniyat-adolat uchun asos hisoblanadi. Ma’lumki, odamlar teng bo‘lmagan darajadagi tug‘ma qobiliyatlar va xususiyatlar bilan tug‘iladilar. Ammo, insonlar qobiliyatlari va xususiyatlari bo‘yicha teng bo‘lmasalarda, yashashga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha, qadr-qimmatlari bo‘yicha tengdirlar.

Ammo «teng imkoniyatlar» qoidasi «natijalar tengligi» qoidasidan farq qilishi lozim. Yuqori makomga ega bo‘lgan ish joylariga ega bo‘lish, oliy o‘quv yurtlariga kirish kabi yutuqlar teng imkoniyatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda ko‘pgina standart holatlar katta rol o‘ynaydi. Demokratik jamiyatlarda teng imkoniyatlar» qoidasi guruhlar va individlarning hayotda omadga erishish uchun erkin musobaqada teng huquqlilik asosida ishtiroki sifatida tushuniladi. Dastavval bu qoida bozordagi erkin raqobat qoidasi sifatida ilgari surilgan edi. Bu qobiliyatlarning halol musobaqasida udda buron, aqlli shaxslargina yutuqqa erishadi deb talqin etiladi. Buni ko‘pgina sotsiolog va ruhshunoslar individning omadga erishish yo‘lida sotsial muhitga nisbatan tug‘ma reaksiyasi deb baholaydilar.

Umuman, «teng imkoniyatlar» qoidasi ikki narsaga-raqobat va individualizmga asoslanadi. Kishilar o‘z maqsadlariga erishish yo‘lini turli xil sharoitda boshlaydilar, shuning uchun adolatga natijalar tengligi emas, balki start sharoitlarining tengligi muvofiqroqdir. Bu avvalo jamiyat a’zolarining yagona me’yorlarga buysunishi zarurligi, hech kimning qonun oldida yaxshiroq holatga ega bo‘lishi joiz emasligini bildiradi.

Ehtiyoj qoidasi. Adolatga bo‘lgan ehtiyoj oddiy bo‘lmay, u keng miqyosdagi ijtimoiy-ruhiy ehtiyojdir. Boshqacha aytganda, fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarga nisbatan olganda adolat kundalik ehtiyoj bo‘lib hisoblanmasada, ijtimoiy tartib, farovonlik va yaxlitlikni ta’minlashga qaratilganligi tufayli katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Shunday xulosaga kelish mumkinki, adolatga bo‘lgan ehtiyoj oziq-ovqatga, uy-joyga bo‘lgan yoki obro‘ e’tiborga bo‘lgan ehtiyoj kabi xayotiy deb tan olinmasligi mumkin, lekin aynan hayotiy ne’matlarning taqsimotida va iste’molida odamlar adolatga yoki adolatsizlikka nisbatan sezgir bo‘ladilar.

Talab va taklif qoidasi. Musobaqalashish uchun teng imkoniyatlar yaratish bozordagi talab va taklifga binoan, o‘zaro muvofiqlik asosidagi munosabatlarga bog‘liq. Bozorda hamma narsa talab va taklif asosiga qo‘yilgani bois insonlar ongida iztirobli kechinmalar uyg‘otishi mumkin. Bu kishilarda shakllangan odatiy tushunchalarning o‘zgarishi bilan ham bog‘liq.

Erkinlik qoidasi. Inson erkinligi azaldan yuqori maqomga ega. Shu bilan birga adolat va erkinlik munosabatlarida adolatni yagona qoidaga aylantirish inson erkini, uning huquqlarini chegaralab qo‘yishi mumkin.

Aynan noto‘g‘ri tushunilgan adolat tushunchasi ta’sirida insonning erksizlikka mubtalo bo‘lishi, uning huquqlarining poymol qilinishi demokratik qoidalarga ziddir. Jamiyatda teng erkinlik muhiti ustuvor darajada ta’minlanishi zarur.



Ijtimoiy foydalik qoidasi. «Nima foydali bo‘lsa, usha adolatli» qabilida ish kurish ba’zan maqsad yo‘lida har qanday vositani oqlashga olib kelishi mumkin. Aslida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar o‘rtasida ziddiyatlar ularning mosligi holatidan kam uchramaydi. Shu asnoda adolatni tushunishda ziddiyatli manfaatlar to’qnash kelishi mumkin.

Har kimning qonunga binoan faoliyatli qoidasi. Jamiyatdagi mavjud adolat huquqiy tizimlarga, qonunlarga mos kelishi muhimdir. Shu ma’noda fuqaroning jamiyat ga nisbatan hatti-harakatini munosib ravishda adolatning ijtimoiy tartibga majbur lovchi tomoni hisoblanadi.

Kasbiy layoqatlilik qoidasi. Individlarning jamiyatdan oladigan ulushi ularning malakasi, kasbiy tayyorgarligi, ma’lumoti, mehnat ko‘nikmalariga mos bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Rag‘batlantirish qoidasi. Individlarning «birlamchi ne’matlar»-erkinliklar va huquqlarga (avvalo konstitusion huquqlar), daromadga, mulkka, boshqaruv ishlarida ishtirok etishga intilishlarini rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. Zero, bu boqimandalik, zohidlik, parazitizmni tugatishda ma’lum ijobiy vazifani bajarishi mumkin.

Har kimga mehnatiga yarasha qoidasi. Jamiyatning ko‘pchilik a’zolari qabul qiladi gan adolat tufayligini insonparvar jamiyat barpo etish mumkin. Shu ma’noda yuqorida bayon etilgan barcha qoidalar demokratiya sharoitidagina amalga oshishi mumkinligini hisobga olish zarur. Bu qoidalar muvofiqlashtirish va dasturlash tirish vazifalarini bajaradi. Jamiyat asosiy qoidalari esa qonunlarda o‘zining yuridik ifodasiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining, muqaddimasida ijtimoiy adolat qoidasi o‘zining to’la yuridik ifodasini topganligini ta’kidlab o‘tishni istar edik. Ammo buning o‘zi etarli emas.

Biz yuqorida tahlil qilgan adolat qoidalari shunchaki quruq joyda emas, balki insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda amal qiladi.

3. Mustaqillikning dastlabki yillarida, islohotlarning boshlang‘ich davrida O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishga kirishildi va odamlarga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish asosiy maqsad qilib belgilandi. Ushbu ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslari yaratildi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir». Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodiyotining ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomillashib, zamon talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllani shida muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi o‘rni g‘oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor.




Yüklə 245,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin