1–mavzu Raxbar va raxbarlik sifatlari. Liderlik va boshqaruv-fayllar.org
Rahbarlik sifatlari Yuqorida aytib o’tilganidek rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi deb ham aytib bo’lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat, qobiliyatlar borki, ular haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim.
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt — aql-zakovatning ma’lum normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o’rtadan yuqori bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo’lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to’siq bo’lishini amaliyot va hayot ko’rsatdi. Rahbardagi o’rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur.
Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-o’zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo’lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda ''ziyoli" bo’lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan
bo’ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog’i lozim. Muomala madaniyati — bu o’rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to’g’ri yo’sinda gapira olmaslik yotadi. O’zganing o’rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo’lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhimbo’lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o’zo’zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu o’ziga xos kelajakni ko’ra olish kobiliyati, kelajak obrazi bo’lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo’lib, u shaxsning o’z diqqatini qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o’zinitiyish, qo’l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o’z vaqtida nazorat qilib, so’rab olish imkoniyati bilan bog’liq. O’z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini oldindan ko’ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o’zgalarni o’z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko’rsatkichlarga erishishi mumkin.
Yuqorida aytib o’tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ''o’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va amaliyotchilarniko’proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o’rganib, ularga xos bo’lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 41 ta yirik Yaponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi:
A. Kontseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari: dunyoqarashning kengligi, global yondashuv;
uzoqniko’ra bilish va egiluvchanlik;
tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik; muntazam o’z ustida ishlash va uzluksiz o’qish. B. Shaxsiy sifatlar: maqsad va yo’nalishlarni aniq belgilash;
o’zgalar fikrini tinglash qobiliyati; xolislik, samimiyat va bag’rikenglik;
adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo’yish, ular imkoniyatlaridan to’la foydalanish;
shaxsiy yoqimtoylik;
jamoa tashkil etish va unda uyg’un muhitni ushlab tura olish qobiliyati.
V. Salomatlik. Lekin barcha o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo’ldiki, amerikalik rahbarlar ko’proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar ko’rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo’lishi tarafdorlari bo’lsalar, yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar.
Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
Professional bilimdonlik - o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo’lga quyish uchun o’sha faoliyat borasida to’la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo’lishlikdir.
Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati.
Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o’zidagi liderlik sifatlarini to’la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushunchako’pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.